Induksiya (biologiyada) - 1) fiziologiya da — qoʻzgʻalish va tormozlanishdan iborat nerv jarayonlarining oʻzaro dinamik taʼsiri. Bunda nerv hujayralaridagi tormozlanish qoʻzgʻalishni vujudga keltiradi (musbat I.) yoki, aksincha, eng avval hosil boʻlgan qoʻzgʻalish jarayoni tor-mozlanishni vujudga keltiradi (manfiy I.)- Musbat va manfiy I. 2 xil boʻlishi mumkin; 1) bir vaqtda boradigan (simultan) I. — bir joydagi qoʻzgʻalish bir vaqtda oʻz atrofida tor-mozlanishni hosil qiladi va kuchaytiradi, tormozlanish oʻchogʻi esa qoʻzgʻalish jarayonini vujudga keltiradi;2) ketma-ket sodir boʻladigan (suksessiv) I., bunda biror nuqtada paydo boʻlgan qoʻzgʻalish taʼsiri toʻxtagandan soʻng tormozlanish vujudga keladi yoki aksincha.

3) Embriologiyada — rivojlanayotgan embrion bir qismi (induktorlar)ning ikkinchi qismga (taʼsirla-nuvchi sistemaga) taʼsiri. Bu hodisa qismlar birbiriga tegib turganda roʻy beradi va taʼsirlanayetgan sistemaning rivojlanishi yoʻnalishini belgilaydi. I. ni 1901 i. nemis embriologi X. Shpeman suvda va quruklikda yashovchilar embrionida ektodermadan koʻz gavharining hosil boʻlishini oʻrganish orqali aniqlagan. Koʻz murtagi (boshlangʻichi) olib tashlanganda gavhar paydo boʻlmagan. Embrionning biqiniga koʻchirib oʻtkazilgan koʻz murtagi, odatda, teri epidermisiga aylanadigan ektodermadan gavhar hosil qilgan. Gastrula ektodermasidan markaziy nerv sistemasi murtagi paydo boʻlishiga xordomezodermaning induksiyalovchi taʼsir koʻrsatishini keyinchalik Shpeman aniqladi; bu hodisani u boshlan-gʻich embrional I., induktor (xordo-mezoderma)ni esa boshqaruvchi I. deb nomladi. Rivojlanayotgan organizm qismlarini koʻchirib oʻtkazish va ularni alohida yoki aralash oʻstirish ustida olib borilgan tekshirishlar I. hamma xordalilar va koʻpchilik umurtqasizlarda keng tarqalganligini koʻrsatdi.

Hayvon va oʻsimlik organizmlarning individual rivojlanishidagi boshqa koʻp hodisalar ham "I." deb ataladi. Jinsiy gormonlarning ikkilamchi jinsiy belgilar hosil qilish I. si bunga misol boʻladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil