Informatsion agentlik
Informatsion agentlik -matbuot organlari, radioeshittirish va televideniye, davlat va jamoat tashkilotlari, ishbilarmonlar bilan birga boshqalar uchun ham axborotlar yigʻish, uni asosan tarqatish bilan shugʻullanadigan tashkilot. Jamiyat uchun, xalq uchun muhim foydali va sifatli tarzda ma'lumotlarni tezda yetkazib beradi. Bu esa infomatsion agentlikning muhim prinsiplar asosida ishlashini ko'rsatadi. Muxbirlar punktlarining tarmogʻiga tayangan holda ish ko'radi. Ma'lumot sifatida quyidagilarni aytishimiz mumkin: Yirik informatsion agentlik "Rossiya informatsion-telegraf agentligi" (ITAR-TASS, 1992-yil da asos solingan; tarixi 1904-yil da tashkil topgan Petrograd telegraf agentligidan boshlanadi); Assoshieyted press (1848) va Yunayted press interneshonal (YUPI, 1907) — AQSH; Doychepresseagentur (Germaniya, 1949); Kiodo susin (Yaponiya, 1945); Reyter (Buyuk Britaniya, 1851); Sinxua (Xitoy, 1938); Frans press (Fransiya, 1944). Oʻzbekiston Respublikasida 4 ta I. a.: Oʻzbekiston axborot agentligi (OʻzA) Turkiston-press, "Jahon" va "OʻzRIpoRT" faoliyat koʻrsatadi. [1]
Asosan informatsion agentlikning xizmatlarining foydasi oddiy insoniyat uchun beriladi.
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |