Informatsiya
Informatsiya (lot. informatio — tu-shuntirish, bayon qilish) — 1) odamlar bir-biriga ogʻzaki, yozma yoki boshqa usulda (mas, shartli signallar, texnika vositalari va b. yordamida) beradigan axborot, shuningdek, axborot berish va olish jarayoni; 2) fan va texnikadagi tushuncha. Bu tushuncha faqat odamlar orasidagi axborotni emas, balki odam bilan avtomat, avtomat bilan avtomat (kibernetikada) oʻrtasidagi axborotni, hayvonlarda va oʻsimliklar oʻrtasidagi signallar almashinuvini ham oʻz ichiga oladi. 20-asr oʻrtalaridan toʻqimadan toʻqimaga, orga-nizmdan organizmga irsiy va b. alomatlar oʻtishi ham I. uzatish deb karala boshladi. Genetik I., biologik kibernetika tushunchalari shu tariqa vujudga keldi. I. ning miqdor oʻlchovi taklif qilindi, natijada informatsiya nazariyasi paydo boʻldi.
I. tushunchasiga atroflicha yondashish va aniq miqsor oʻlchovi paydo boʻlishi I. ni oʻrganishga katta qiziqish uygʻotdi. 50-y. lardan boshlab, turli hodisa va jarayonlarni tavsiflashda I. tushunchasidan foydalanishga harakat qilinmoqda. Jumladan, I. ning asosiy xos-salarini ifodalaydigan matematik apparatni ishlab chiqish, mavjud matematik vositalar asosida I. ning turli xossalarini oʻrganish, uning metodlaridan lingvistika, biol., psixologiya, sotsiologiya, ped. va b. sohalarda foydalanish ustida tadkiqotlar olib borilmoqda.
Ijtimoiy-siyosiy I. — ichki va xalqaro hayotdagi dolzarb yangiliklar, jamiyat hayotidagi ommaga taalluqli faktlar, hodisalar, siyosiy, iqti-sodiy, ilmiy, madaniy jarayonlar va b. haqida ommaviy kommunikatsiyalar vo-sitasida tarqatiladigan xabarlar maj-mui. Jurnalistikada operativ I. publitsistika janrlari — xronika, xabar, reportaj, hisobot, intervyu, obzor orqali tarqatiladi.
Demokratik jamiyatda I. ga rostgoʻylik, hayotiy faktlarni aniq bayon etish, ijtimoiy hayotdagi voqea va jarayonlarni xolis taxlil etish va sharhlash talabi qoʻyiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |