Infraqizil qizdirish - materiallarni elektromagnit nurlar (toʻlqin uz. 1,3 — 4 mk/m li infraqizil nurlar) yordamida qizdirish. Materiallarning bu nurlardan maʼlum qismini yutish xossasiga asoslangan. I. q. da energiya manbai sifatida infraqizil nur ajratadigan trubali elektr qizdirgichlar, koʻzguli quritish lampalari, volfram spiralli elektr qizdirgichlar ishlatiladi. Manbalarning qizish darajasiga qarab, ular past (700° gacha), oʻrta (700—1500°) va yuqori (1500° dan ortiq) trali xillarga boʻlinadi. I. q. qurilmalari kamera, tunnel yoki qalpoq tarzida tayyorlanadi; ularning shakli va ulchamlari qizdiriladigan buyumga moslab tanlanadi. I. q. lok-boʻyoq materiallarni, sabzavot, mevalarni quritishda, kauchukni vulkanizatsiya qilishda, termoplastik materiallarga shakl berish oldidan ularni qizdirish va b. maqsadlarda qoʻllanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil