Infraxromatik materiallar (lotincha: infra — pastroq, ostida va yun. chroma — rang , tuye) — faqat koʻzga koʻrinadigan yorugʻlik nurlarini emas, infraqizil nurlarni ham sezadigan fotografik materiallar (plastinka va plyonkalar). Tarkibida kumushning galoidli birikmasi boʻlgan fotografik emulsiyalar spektrning koʻk-binafsha sohasini yaxshi sezadi, sariq, yashil, kizil va infraqizil nurlarni esa deyarli sezmaydi. Ularni bu nurlarga sezgir qilish uchun foto-emulsiyaga maxsus boʻyoq — sensibilizatorlar qoʻshiladi. Bir vaqtning oʻzida qizil va infraqizil nurlarga sezgir qilingan (sensibillangan) materiallar panifraxromatik mate-riallar deb ataladi. I. m. tibbiyotda, astronomiyada, koʻzga koʻrinmaydigan narsalarni suratga olish va b. maqsadlarda qoʻllanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil