Ingichka — Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi shaharcha (1944-yildan). Zirabuloq togʻlarining janubi-shariy yon bagʻrida, Ingichka soyi boʻyida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Katta-qoʻrgʻondan 28 km. Aholisi 10,3 ming kishi (2001), asosan, oʻzbeklar. I.ning oʻrta qismidan Ingichkasoy oqib oʻtadi. I.ga Zarafshon daryosidan uz. 28 km li quvur orqali suv keltirilgan. I. 1948-yil Ingichka volfram konining ishga tushirilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Iqlimi keskin konti-nental. I. 7 balli seysmikzonadajoylashgan. I.da "Volfram" kon boshqar-masi, "TMTE" (ekspeditsiya), "Samarqandgips", "Shaxta" qurilish boshqarmasi faoliyat koʻrsatadi. I.da 2 umumiy taʼlim maktabi, 1 musiqa maktabi, 1 kasbhunar kollejida 150 dan ziyod oʻqituvchilar taʼlim beradi. 75 oʻrinli shifoxona, 20 oʻrinli tugʻruqxona, poliklinika boʻlib 160 vrach va oʻrta maʼlumotli mutaxassis xizmat qiladi. Stadion, sport inshooti, madaniyat uylari, 2 xiyobon, 2 kutubxona bor. I. — Kattaqoʻrgʻon, I. —Samarkand yoʻnalishlarida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Nurobod — Qarnob, Agron — Oqtosh marshrutidagi avtobuslar I. orqali oʻtadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil