Ingliz-Xitoy urushi

Ingliz-xitoy urushi (1840— 42), birinchi "afyun" urushi — Angliyaning Xitoyga qarshi bosqinchilik urushi. Angliya Xitoyni oʻziga qaram, yarim mustamlaka yoki mustamlaka mamlakatga aylantirish maqsadida boshlagan. Angliya hukumati oʻz tovarlari, ayniqsa afyun uchun Xitoy bo-zorlarini ochish yoʻlidagi diplomatik xattiharakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchragach (1792—93-yillardagi Ma-kartney missiyasi, 1816-yil dagi Amxerst missiyasi), inglizlar zoʻravonlik yoʻliga oʻtganlar. 1839-yil 3 iyunda imperatorning maxsus vakili Lin Szesyuy buyrugʻiga koʻra, xorijiy savdogarlardan tortib olingan afyunlar ommaviy suratda yoʻq qilina boshlangan. Bu Angliyaning Xitoyga qarshi urush ochishiga bahona boʻlgan. 1839-yilning 2-yarmida ingliz va Xitoy harbiy kemalari oʻrtasida bir necha marta qurolli toʻqnashuv sodir boʻlgan. Angliya metropoliyadan koʻmakchi harbiy qismlar yetib kelishi bilan 1840-yil iyundan Xitoyga qarshi urush eʼlon qilmasdan rejaviy harbiy harakatlarni boshlab yuborgan, inglizlar Guanchjou, Syamin, Ninbo sh.larini, Minszyan va Yanszi daryolarining quyilish havzalarini qamal qilgan. 1840-yil iyulda Dinxay (Chjou-shan o.larida) bosib olingan, avg .da ingliz kemalari Shim.dagi Tyanszin portiga kirgan, bu imperator saroyidagilarni sarosimaga solib qoʻygan. Lin Szesyuy Guandundagi vazifasidan ozod qilingan. Afyun savdosini taqiklash haqidagi 1840-yil noyabr

dagi farmon bekor qilindi. Sulh shartno-masi tuzish haqida yashirin ravishda inglizxitoy muzokaralari boshlab yuborilgan. Xitoy hukmron doiralarini yon bosishga majbur etish maqsadida 1841-yil yanvarda ingliz qoʻmondonligi Guanchjou yaqinidagi bir necha istehkomlarni egallab olgan. Bunga javoban imperator rasmiy ravishda Angliyaga urush eʼlon qilgan (1841-yil fevral). Harbiy harakatlar, asosan, Guandun viloyatida boʻlgan. 1841-yil mayda Guanchjou r-nida kelishuv bitimi imzolangan, lekin ingliz soldat va ofitserlari tinch aholini talashni davom ettirishgan. Bu Guandun, Futszyan, Szyansu va b. viloyat aholisining qurolli kurash boshlashiga sabab boʻlgan. 1841-yil avg . dan harbiy harakatlar qayta boshlangan. Inglizlar Syamin, Ninboni bosib olganlar. 1842-yil iyunda Usun (Shanxay atrofida), Chjenszyan (Yan-szida) istehkomlari egallangan. 1842-yil 29 avg .da Sin xukumati teng huquqli boʻlmagan Nankin bitimini imzolagan. Bu urush Xitoy tarixida yangi davrni boshlab bergan: Xitoy jamiyati feodal (mulkdorlik) jamiyatdan yarim mustamlaka va yarim feodal (mulkdor) jamiyatga aylana boshlagan; bu urushdan soʻng Xitoy xalqi 100 yildan ortiq davr mobaynida xorij davlatlari va ichki reaksiyaning birlashgan kuchlariga karshi kurash olib bordi.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil