Ingliz burgʻusi

yogʻoch damli cholgʻu asbobi


Ingliz burgʻusi (italyancha: corno inglese, fransuzcha: cor anglais, nemischa: Englisch Horn ) yoki alt goboy – simfonik orkestr tarkibiga kiruvchi yogʻoch damli cholgʻu asbobi.

Ingliz burgʻusi
Boshqa nomlari alt goboy
Turi

Puflama musiqa cholgʻulari
Registri

Kichik oktavadagi mi notasidan — ikkinchi oktavadagi si bemol notasigacha

Chaladigan qismi surnayga oʻxshash, biroz egilgan shaklda boʻladi. Notalar skripka kalitida yoziladi, ammo eshitilishida kvinta pastroq yangraydi. Tembri goboyga qaraganda toʻlaroq va yumshoqroq boʻladi. Simfonik orkestr partiturasida notalari goboydan keyin yoziladi. Odatda orkestrda bir dona ingliz burgʻusi ishlatiladi. Reyngold Glier „Fargʻona bayrami“ nomli uvertyurasida 3-4 ta goboylar oʻrniga 2 ta ingliz burgʻusidan foydalangan. Baʼzan bir sozanda goboy partiyasini ingliz burgʻusi bilan chaladi, bunda cholgʻu asbobini almashtirish muta in belgisi bilan koʻrsatiladi[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  2. I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2. 

Havolalar

tahrir