INJINIRING (ing . Engineering — ixtirochilik,) muhandislik maslahat xizmatlari — tijoratchilik qoidalariga asoslangan holda i.ch. ni tashkil etishni taʼminlash, mahsulot sotishni uyushtirish va b. yuzasidan maslahat berish. Bu ish bilan maxsus ixtisoslashgan I. firmalari, bevosita yirik sanoat va qurilish firmalari shugʻullanadi, ular bir vaqtning oʻzida bir necha mijozlarga xizmat qiladi. Eksport I. firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat koʻrsatadi, murakkab va katta loyihalarni amalga oshiradi. I. firmalari bozorning muhim ishtirokchisi hisoblanadi. Xalqaro I. xizmati ishning texnik, tashkiliy va tijorat tomonlari koʻrsatilgan kontrakt shaklida rasmiylashtiriladi. I. mohiyati bilan muayyan pulli xizmatlarga buyurtmaning bir koʻrinishidir. I. xizmatlari 2 guruhga boʻlinadi: i.ch. jarayonini tayyorlash bilan bog'liq xizmatlar, i. ch. va mahsulotni sotish jarayonini meʼyorda borishni taʼminlash boʻyicha xizmatlar. Xizmatlarning birinchi guruhiga loyihaga qadar, loyiha, loyihadan keyingi va maxsus xizmatlar; ikkinchi guruhga korxonani ishlatish, boshqarish jarayonlarini optimallashtirish va uning mahsulotlarini sotish bilan bogʻliq ishlar kiradi.

Hoz. davrda I. xizmatlari bozorida asosiy haridor rivojlanayotgan davlatlar boʻlsa, sotuvchilar sanoati rivojlangan mamlakatlardir. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil