Inna

rumin qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisidir

Elena Alexandra Apostoleanu (talaffuzi: Yelena Aleksandra Apostolyanu; 16-oktyabr 1986-yilda tugʻilgan) Inna taxallusi ostida tanilgan rumin qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisidir. Mangaliada tugʻilib, Neptunda oʻsgan Inna Ovidius universitetida siyosatshunoslik boʻyicha tahsil olgan. Keyinchalik, rumin triosi boʻlmish Play & Win musiqiy guruhi bilan uchrashib, musiqada oʻz karyerasini davom ettiradi. 2008-yilda u „Alessandra“ taxallsuini oldi; keyinchalik, bu nomni „Inna“ga oʻzgartirdi. Uning „Hot“ (2008) nomli debyut singli umumjahon boʻylab tijorat jihatdan muvaffaqiyat qozonib, Romaniya va Billboard Hot Dance Airplay chartlarida yuqori pogʻonalardan oʻrin oldi. Inna 2009-yilda ilk studiyaviy albomi — Hotni chiqardi hamda bu albom uchun oltin va platina sertifikatlarni oldi. Albomning „Amazing“ (2009) ashulasi xonandaning Ruminiyada musiqiy chartlarda birinchi oʻrinni band etgan ikkinchi singli boʻldi.

Inna

Inna 2021-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Elena Alexandra Apostoleanu
16-oktyabr 1986-yil (1986-10-16) (37 yosh)
Mangalia, Ruminiya
Fuqaroligi Ruminiya bayrogʻi Ruminiya
Leybl
Taʼlimi Ovidius universiteti
Janr EDM[5]
Amplua
  • Xonanda
  • qoʻshiqnavis[6]
Faoliyat yillari 2008 – hozirgacha
Veb-sayt innaofficial.com

Inna 2011-yilda ikkinchi albomi boʻlmish I Am the Club Rockerni ommaga taqdim etib, albomdagi „Sun Is Up“ (2010) singli ortidan global miqyosda shuhrat qozondi. Hatto, ushbu ashula Eurodanceweb Awardga loyiq koʻrildi, buning ortidan Inna bu mukofotga sazovor boʻlgan ilk va yagona rumin qoʻshiqchisiga aylandi. 2011-yilga kelib, Inna eng yuqori haq toʻlanuvchi rumin va Sharqiy Yevropa artisti, deb eʼlon qilindi. Uning keyingi studiyaviy albomi sanalmish Party Never Ends (2013) ikki yil ketma-ket „Eng yaxshi albom“ nominatsiyasida Romanian Music Awardsga nomzod boʻldi hamda Meksika musiqiy chartlarida top oʻntalikka kirdi. Albomdagi Daddy Yankee bilan birgalikda ijro etilgan „More than Friends“ ashulasi hit qoʻshiq boʻldi. 2014-yilda Inna Atlantic Records bilan shartnoma imzoladi va J Balvin bilan birgalikda ijro etilgan „Cola Song“ qoʻshigʻini chiqardi. Ashula tijorat jihatdan muvaffaqiyat qozondi.

Innaning toʻrtinchi va oʻzining ismi bilan nomlangan albomi 2015-yilning oktyabrida chiqarildi. Undagi „Diggy Down“ ashulasi qoʻshiqchining Ruminiya musiqiy chartlarida birinchi oʻrinni band etgan uchinchi singli boʻldi. 2017-yildan boshlab, Inna Vocea României Junior isteʼdodlar shousida Andra va Marius Moga bilan birgalikda hakamlik qildi. Shu yili Nirvana nomli beshinchi albomini chiqardi. Albom Romaniya va Turkiya kabi Yevropa mamlakatlari xit-paradlarida yuqori oʻrinlarni egalladi. U 2018-yilda Roc Nation bilan shartnoma imzoladi hamda oltinchi studiyaviy albomi Yoni 2019-yilning mayida chiqardi. Yettinchi studiyaviy albomi — Heartbreakerni 2020-yilning noyabrida chiqardi.

Ilk uch studiyaviy albomi umumjahon boʻylab toʻrt million nusxada sotilgani ortidan Inna eng koʻp albomini sotgan artist boʻldi. U koʻplab yutuqlarga, jumladan Balkan Music Awards, European Border Breakers Award, MTV Europe Music Awards va Romanian Music Awardsga sazovor boʻlgan. Inna inson huquqlari faoli boʻlib, oiladagi zoʻravonlikka qarshi aksiyalarda qatnashadi, bolalar va LGBT huquqlarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Inna Sopot Hit festivalida (2009-yil avgust)
Inna Sickotoy va Elvana Gjata bilan birgalikda ijro etilgan „Papa“ ashulasi uchun video klip suratga olish jarayonida (2021)

Diskografiyasi tahrir

  1. Hot
  2. Love
  3. Nights and days
  4. Fever
  5. Left Right
  6. Amazing
  7. Donʼt let the music die
  8. On & on
  9. Ladies
  10. Déjà vu (feat. Bob Taylor)
  1. Un momento (feat. Juan Magán)
  2. Club Rocker
  3. House is going on
  4. Endless
  5. Sun is up
  6. Wow
  7. Señorita
  8. Weʼre going in the club
  9. July
  10. No limit
  11. Put your hands up
  12. Moon girl
  1. In your eyes (feat. Yandel)
  2. We like to party
  3. More than friends (feat. Daddy Yankee)
  4. Fall in love/lie
  5. Shining star
  6. Take me down to Mexico
  7. Famous
  8. Take it off
  9. Tonight
  10. J’adore
  11. Caliente
  12. Crazy sexy wild
  13. INNDIA
  14. OK
  15. Live your life
  16. Party never ends
  1. Heart Drop
  2. Bamboreea (feat. J-Son)
  3. Bad Boys
  4. Too Sexy
  5. Bop Bop (feat. Eric Turner)
  6. Rendez Vous
  7. Yalla
  8. Walking on the Sun
  9. Fool Me
  10. Body and the Sun
  11. Salinas Skies
  12. Devil’s Paradise
  13. Diggy Down (feat. Marian Hill)
  14. Low
  15. Tell Me
  16. Diggy Down (Piano Extended)
  17. Sun Goes Up
  18. Summer in December (feat. Morandi)
  • Body and the Sun (2013)
  1. Too Sexy
  2. Bop Bop (feat. Eric Turner)
  3. Rendez Vous
  4. Cola Song (feat. J Balvin)
  5. Yalla
  6. Walking on the Sun
  7. Fool Me
  8. Body and the Sun
  9. Salinas Skies
  10. Devil’s Paradise
  11. Diggy Down (feat. Marian Hill)
  12. Low
  13. Tell Me
  14. Diggy Down (Piano Deluxe)
  15. Sun Goes Up
  16. Take Me Higher
  17. Good Time (feat. Pitbull)
  18. Summer in December (feat. Morandi)
  19. Take Me Higher (Embody Remix)
  1. Ruleta (feat. Erick)
  2. Gimme Gimme
  3. My Dreams
  4. Tropical
  5. Hands Up
  6. Nirvana
  7. Donʼt Mind
  8. Lights
  9. Dream About the Ocean
  10. Nota de plata (feat. The Motans)
  11. Cum ar fi?
  12. Tu si eu (feat. Carla's Dreams)
  1. Ra
  2. Contigo
  3. Iguana
  4. Sí, mamá
  5. Sin ti
  6. Locura
  7. Fuego
  8. Tu manera
  9. La vida
  10. Gitana
  11. Te vas

Manbalar tahrir

  1. „Roton Music – Inna“ (ro). Roton. 2017-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-yanvar.
  2. „Inna | Warner Music Germany“ (de). Warner Music Group. 20-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-mart 2017-yil.
  3. „Global Records, casa de discuri a Innei, un an cu rezultate impresionante“ [Global Records, Inna's label, had a year full of good results] (ro). Crazy Radio (11-yanvar 2016-yil). 20-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-fevral 2017-yil.
  4. „Inna – Universal Music France“ (fr). Universal Music Group. 2019-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-yanvar.
  5. „Inna – Biography“. AllMusic. All Media Network. 19-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-mart 2017-yil.
  6. Party Never Ends (Liner notes). Inna. Buxarest, Ruminiya: Roton (Barcode: 7502232240955). 2013. {{cite AV media notes}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |titlelink= (yordam)CS1 maint: others in cite AV media (notes) ()
  7. „Hot by Inna on iTunes“. iTunes Store (4-avgust 2009-yil). 21-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-dekabr 2016-yil.
  8. „I Am the Club Rocker di Inna su iTunes“. iTunes Store (19-sentabr 2011-yil). 28-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-aprel 2016-yil.
  9. Scris de Edi.. „Inna – Wow (piesa de pe I Am the Club Rocker)“ (ro). Urban.ro (7-sentabr 2011-yil). 2016-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-yanvar.
  10. „Party Never Ends (Standard Edition) by Inna on iTunes“. iTunes Store (4-mart 2013-yil). 28-may 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2016-yil.
  11. „Inna by Inna on iTunes“. iTunes Store (30-oktabr 2015-yil). 17-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2016-yil.
  12. Dragusin, Alina.. „Aşteptarea a luat sfârşit! Inna prezintă albumul "Nirvana"“ (ro). Cancan (24-noyabr 2017-yil). 8-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-noyabr 2017-yil.
  13. „Yo by Inna on iTunes“. iTunes (31-may 2019-yil). Qaraldi: 31-may 2019-yil.
  14. „Yo by Inna on iTunes“. iTunes (31-may 2019-yil). Qaraldi: 31-may 2019-yil.

Havolalar tahrir