Yalla — oʻzbek xalq ijodida keng tarqalgan, raqs bilan ijro etiladigan qoʻshiq turi. Xalq soʻzi, mumtoz va zamonaviy shoirlar sheʼrlariga aytiladi Ya. yakka, koʻpincha 2 va undan ortiq ijrochi tomonidan (doira va cholgʻu ansambli joʻrligida) ijro etiladi. Aksariyat Ya.lar ishqmuhabbat mavzuida boʻlib, jozibali, oʻynoqi xarakterga ega. Ya. 2 turga boʻlinadi: 1) qoʻshiqjanriga yaqin, kuyi nisbatan tor diapazonli, asosiy misralar yakkaxon yallachi, naqarot esa guruh tomonidan doira joʻrligida aytiladi (mas, "Olmacha anor", "Yallama yorim", "Hoho, yalla", "Qizgina"); 2) kuy diapazonining kengligi va tuzilishi (ayrimlarida baland pardali avj mavjudligi) jihatidan ashula janriga yaqin. Xalq orasida "Yaliyali", "Qalam qoshligim", "Jonon boʻlaman deb", "Ayrilmasun", "Figʻondur" kabi mumtoz Ya.lar keng tarqalgan. Namanganda Ya. turkumlari mavjud: yallachiayollar tomonidan doira joʻrligida "Katta yalla" va "Kichik yalla" (kuyi va usuli murakkab, ijrosi mukammal) namunalari toʻy marosimlari va bazmlarda ijro etiladi. Ashula va Ya. namunalaridan ("Yor istab", "Mustahzod") yoki katta ashula va Ya.dan iborat ("Topmadim", "Soʻrmaysan") turkumlar ham mavjud. Hoz. kunda Ya.lar estrada yoʻnalishida ham ijro etiladi.

Rustam Abdullayev.