Innovatsion rivojlanish agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi – Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish bilan shugʻullanuvchi tashkilot.

Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish agentligi binosi
Turi Davlat boshqaruv idorasi
Maqomi Amalda
Ishga tushgan sanasi

24-dekabr, 2022-yil (22 oy avval) (2022-12-24)
2017-2022 — O'zbekiston Respublikasi

Innovatsion rivojlanish vazirligi
Joylashuvi Toshkent shahri, Universitet koʻchasi, 7-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Direktori Rajabbayev Sharof Raximberdiyevich
Vebsayti innovation.gov.uz
Til(lar)i oʻzbek, rus
Map

Tarixi

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 29-noyabrdagi farmoni[1] va 2017-yil 30-noyabrdagi qaroriga[2] muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etilgan.

2022-yil 21-dekabrdagi Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi prezident farmoniga[3] muvofiq Innovatsion rivojlanish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birlashtirilib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkil etilgan[4].

Shuningdek ushbu farmon[3] asosida 2022-yil 24-dekabr sanasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Innovatsion rivojlanish agentligi oʻz faoliyatini boshlagan[4].

Agentlik vazifalari

tahrir
  • Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
  • Uzoq muddatli ssenariylar asosida ustuvor soha va tarmoqlarga ilm-fan yutuqlarini tatbiq etish va mamlakatning innovatsion rivojlantirishning strategiyasini ishlab chiqish.
  • Hududlarning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmalarni shakllantirish.
  • Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ularning ijrosini nazorat qilish.
  • Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish.
  • Yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.
  • Ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni jalb etish, xususiy sektor faolligini oshirish va venchurga asoslangan moliyalashtirishni rivojlantirish.
  • Innovatsion ishlanmalar asosida amalga oshiriladigan loyihalarning moliyaviy, iqtisodiy va texnik ekspertizasini oʻtkazish va intellektual mulk obyektlarini tatbiq etish uchun zarur sharoitlarni taʼminlash.
  • Iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash hamda tarmoq ilmiy-tadqiqotlar ishlarini rivojlantirish asosida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash.
  • Yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, startap loyihalarini amalga oshirish, intellektual mulk qatnashadigan yangi tashkilotlarni shakllantirish va ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish.
  • Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, innovatsiyalar va texnologiyalar transferi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.[5]

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir