Xayrulla Mansurovich Inogʻomov (1938.6.7, Qibray tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1970). 1961-yildan Toshkent shahridagi 41-maktabda musiqa oʻqituvchisi, 1963-yildan Qibray tumanidagi 16-maktabda musiqa va geogr., 1991-yildan geografiya oʻqituvchisi. Inogʻomov respublikada mashhur boʻlgan „Gul lola“ ansambli hamda „Yosh oʻlkashunoslar“ toʻgaragi tashkilotchisi. Geogr. boʻyicha yangi oʻquv dasturi mu-alliflaridan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil