Inoq
Inoq (qad. turkiy runiy bitiklarida "ishonch" maʼnosida qayd etilgan) — 1) Markaziy Osiyoda 11 —14-asrlarda hukm surgan sulolalar saltanatida "maslahatchi", "vazir"ni anglatgan; 2) Buxoro xonligida hukmdorning ishonchli kishisi, mansabdor. 17—18-asrlarda xonlikda ulugʻ I. va kichik I. boʻlgan. Ulugʻ I. darajasiga koʻra, koʻkaltosh va ulugʻ qushbegi (qushbegi-i kalon) dan soʻng turgan. Ulugʻ I., asosan, hukmdor farmonlarini kichik mansabdagi amaldorlarga yetkazish va amir qabuliga muyassar boʻlganlarni kiritish bilan shugʻullangan. Kichik I. ham xonning ishonchli kishisi boʻlib, baʼzan saroydan otga mingan holda chiqish huquqiga ega boʻlgan. Oʻz lavozimiga koʻra, ulugʻ mehtar, devoni sarkor va dasturxonchidan yuqori turgan. Kichik I. qa hukmdorning muhrlari solingan qutichani ehtiyot qilish topshirilgan. Kichik I., shuningdek, amir nomiga tushgan ari-za va shikoyatlarni qabul qilgan; elchilarni qabul qilish paytida ular keltirgan xatlarni ochib, amirning shaxsiy kotibi (munshiy)ga taqsim etgan; 3) Xiva xonligidagi yuqori maʼ-muriy mansab; xondan keyingi 2 rutba sanalgan va bu lavozimga xonning birodarlaridan biri tayinlangan. Xo-razm oʻzbeklar toʻpasi boshligʻi. Abulgʻoziy Bahodirxon tantanali marosimlarda oʻtirish uchun I.larga 4 joy aj-ratgan. Bu imtiyoz 1873 y.gacha davom etgan. I.lardan biri xonning chap tomonida, amir ul-umarodan keyin oʻtirgan va ulugʻ I. deb atalgan. Yangi xon koʻtarish vaqtida I.lar oq namatning toʻrt burchidan ushlab, boʻlajak xonni 3 marta osmonga irgʻitganlar, bu I.larning asosiy va faxriy burchi edi. I.larning siyosiy mavqei nihoyatda baland boʻlib, 18-asr oxirida hatto xonlikni ham idora qilganlar. I. huzurida qushbegi, mehtar (moliya ishlari boshligʻi) va otaliq (qoʻshinlar qoʻmondoni)dan iborat kengash boʻlgan hamda amaliy tadbirlar ishlab chiqishga yordamlashgan. I.lar Xiva taxtiga Chingizxon avlodlarini oʻtkazganlar, bi-’ roq ularning aksari qozoqlar va shuningdek, qoʻshni davlatlardan kelgan kishilar boʻlib hech qaysi toʻpaga mansub emasdilar. Shuning uchun I.lar oʻzlarini boshda vaqtincha, soʻng doimiy xon deb eʼlon qilardilar. Yangi sulola asoschisi Muhammad Amin inoq qoʻngʻirot urugʻidan edi. Qoʻngʻirot urugʻi qiyot urugʻi bilan birga ikkinchi oʻzbek toʻpasining boshida turar edi.
Hamidulla Dadaboyev.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |