Inoqlar

Xiva xonligini idora qilgan sulola

Inoqlar — Xiva xonligini idora qilgan sulola (1790—1873). Koʻngʻirot urugʻiga mansub. Asoschisi — yirik mulkdor Muhammad Amin inoq (? — 1790). U yovmut qabilasidan chiqqan Xiva xonlariga qarshi kurashib, hoki-miyatni egallagan. Soʻng , Abulgʻoziy III (1770—1804)ni nomigagina xon qilib tayinlab, amalda hokimiyatni yakka oʻzi boshqargan. I. Xiva xonligini ruslar bosib olguniga qadar (1873) hokimi-yatni shu tariqa idora qilganlar. Sulola vakillari: Avazbek (1790—1804), Eltuzarxon (1804—06), Muhammad Rahimxon (1806—25), Olloqulixon (1825—42), Rahimqulixon (1842—45), Muhammad Aminxon (1845—55), Ab-dulloxon (1855), Qutlugʻ Murodxon (1855—56), Said Muhammadxon (1856—65), Said Muhammad Rahimxon (1865-73).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil