Inson — "Oʻzbekkino" davlat – aksionerlik kompaniyasiga qarashli kinostudiya. 1990-yil tashkil topgan. "Kulol va koʻzacha", "Sukutlik kodeksi" (1990 – 91, 1993, rejissyor Z. Royzman), "Dallol" (1992, rejissyor B. Odilov), "Bomba" (1994, rejissyor Z. Musoqov), "Imom al-Buxoriy" (ikki qismli, 1996, rejissyor B. Sodiqov) kabi badiiy, "Sinbad, qaroqchi va toʻtiqush", "Muhabbat qanotlari" singari multiplikatsisi hamda "Qora baliq izi" (besh qismli), "Imom al-Buxoriy" (5 qismli) televizion badiiy filmlar ishlab chiqargan. Badiiy rahbari – Ravil Botirov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil