Integrallashgan tahrirlash muhiti

Integrallashgan tahrirlash muhiti (IDE (inglizcha: Integrated development environment)) – dasturiy taʼminotni ishlab chiqish uchun keng qamrovli imkoniyatlarni taqdim etuvchi dasturiy taʼminot. IDE odatda kamida manba kodi muharriri, avtomat ishga tushirish qurilmalari hamda xatolarni tahlil qilish moslamasidan tashkil topgan boʻladi. IntelliJ IDEA, Eclipse va Lazarus kabi baʼzi IDElar kerakli kompilyator, tarjimon yoki ikkalasini ham oʻz ichiga oladi.

Umumiy maʼlumotlar

tahrir
 
Tashqi plagin yordamida integratsiyalashgan avtomatik toʻldirish va xatolarni tekshirish imkoniyatlariga ega Vim

Integrallashgan tahrirlash muhitlari foydalanuvchi interfeysiga ega zich komponentlarni taqdim etish orqali dasturchi samaradorligini maksimal darajada oshirish uchun moʻljallangan. IDElar dasturlashga doir barcha ishlarni bajarish mumkin boʻlgan yagona dasturiy muhitni taqdim etadi. Ushbu muhit odatda dasturiy taʼminotni yaratish, tahrirlash, kompilyatsiya qilish, joylashtirish va nosozliklarni bartaraf etish uchun koʻplab imkoniyatlarni yaratadi. IDEning asosiy maqsadlaridan biri – turli xil dasturlash vositalarini birlashtirish uchun kerak boʻladigan sozlashlarni kamaytirish. Sozlashga ketadigan vaqt va resurslar oʻrniga barcha imkoniyatlarni yaxlit bir tizim sifatida taqdim etadi[1].

Tarixi

tahrir

IDElar dastlab konsol yoki terminal orqali dasturlash vaqtida paydo boʻldi. Ilk tizimlarda IDElarni qoʻllab-quvvatlash imkoni boʻlmagan, chunki dasturlar kompilyator yoki assemblerga perfo kartalar, qogʻoz lentalar va shu kabilar orqali yuborilardi. Dartmouth BASIC – IDE bilan yaratilgan birinchi til (va shuningdek, birinchi boʻlib konsol yoki terminal oldida oʻtirgan holda foydalanish uchun moʻljallangan).

Maestro I Myunxendagi Softlab kompaniyasining mahsuloti boʻlib, dunyodagi birinchi integratsiyalashgan dasturiy taʼminot ishlab chiqish muhiti boʻlgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Introduction - Flycheck 0.18-cvs“. Read the Docs. 2014-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-mart.
  2. „Interaktives Programmieren als Systems-Schlager“ from Computerwoche (German)