Interfaza (lotincha inter — oraliq, phasis — yuzaga chiqish, namoyon boʻlish) — boʻlinadigan hujayralarda ikkita ketmaket mitotik boʻlinish oraligʻidagi davr, hujayra siklining bir qismi; mitoz xususiyatini yoʻqotgan hujayralar (mas, neyronlar)da oxirgi mitoz bilan hujayra oʻlgunicha oʻtgan davr. Hujayraning tinim davrini ham I. deyish mumkin. I.da hujayralarning boʻlinishiga, ixtisoslashishiga va ularning toʻqima uchun xos boʻlgan mu-ayyan funksiyani bajarishga tayyorgarligi uchun zarur moddalar sintezlanadi. Hujayra sikli uchun kerakli vaktning 90% ga yaqini I. dan iborat. I.da xromatin spirallashmagan holatda boʻladi. Faqat ikki qanotli hasharotlar va ayrim oʻsimliklarning poli-ten xromosomalari butun I. davomida spiral holatda turadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil