Internet domeni
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Domen (lot. dominium — mulk) — 1) Gʻarbiy Yevropada oʻrta asrlarda pomestye (votchina)ning bir qismi, yer egasi (feodal) unda oʻz xoʻjaligini yurgizgan; 2) qirolga tegishli vorisiy yerlar yigʻindisi (qirol D.i).[1]
Domenning vazifasi bor-yo'g'i saytingiz nomini internetda esda qolarli bo'lishini ta'minlash uchun kerak. Agar siz bepul hosterlardan birining xizmatidan foydalanadigan bo'lsangiz, sizga domen sotib olishning keragi bo'lmasligi mumkin. Chunki sizga ular sayt nomini ham birga berishadi.
Masalan: ***.nm.ru yoki ***.awardspace.com. Bunda *** - siz beradigan nom. Sayt nomining bunday ko'rinishi sizga qanday taassurot beradi? Albatta, uchinchi darajali domendagi saytlar nomi u qadar ta'sirli va esda qolarli bo'lmaydi. Solishtirib ko'ring: www.comsoft.uz va www.comsoft.narod.ru.
Agar siz saytni internetga joylashtirsangiz-da, lekin unga domen sotib olmasangiz, sizning saytingiz nomi quyidagicha ko'rinishga ega bo'ladi:
http://80.80.210.217/[sayt ishlamaydi]
Bu IP-manzil sizning saytingiz joylashgan server kompyuterning IP-manzili. Odatda bunday ko'rinishda saytni ochishga yo'l qo'yilmaydi. Ochiq ko'rinib turgan IP-manzil xakerlar uchun o'ljaning o'zginasi bo'lishi mumkin.
Domenlar narxi ham turlicha: Oʻzbekistonda .com, .net, .org, .net domenlarida saytni ro'yhatdan o'tkazish bir yilga o'rtacha 20 ming so'm bo'lsa, G'arbliklar ushbu domenlar uchun yiliga o'rtacha 10-13 ming so'm (8-10$) so'rashadi (Ammo arzoniga yopishmasdan, bir narsani ham hisobga oling:
Oʻzbek domen registratorlari firibgarlikka yo'l qo'yilmasligi lozim. Yevropa va AQShdagi registrator-saytlarning aldamasligiga kim kafolat beradi?).