Interstitsial nefrit - buyraklardagi nospesifik, atipik yalligʻlanish jarayoni hisoblanib, doimiy antibiotik terapiyasiga chidamli boʻladi. Yalligʻlanish asosan buyrak parenximasida yoki interstitsial toʻqimalarda sodir boʻladi. Nefrit, ruhiy kasalliklar, stress va depressiyadan soʻng rivojlanadi.[1]

Interstitsial nefritning sabablari tahrir

Kasallikning paydo boʻlishi bir qator sabablarga koʻra yuzaga keladi: urolitiyoz, siydik yoʻllarida toshning tiqilib qolishi (siydik yoʻllarida toshlar, prostata adenomasi, oʻtkir prostatit, uretraning strikturasi va boshqalar), yuqumli va virusli kasalliklar, birga keladigan kasalliklar – skleroderma, tizimli qizil yuguruk, immunitet tizimining notoʻgʻri ishlashi, allergik diatez; radiatsiya nurlanishi, zaharli moddalar bilan zaharlanish, zaharlar; ogʻir metallar bilan zaharlanish; antibiotiklarni, yalligʻlanishga qarshi dorilarni, diuretiklarni takroriy qoʻllash; jarohatlar; irsiy moyillik va boshqa sabablar natijasida kelib chiqishi mumkin.

Tasnifi tahrir

Interstitsial nefrit quyidagilarga boʻlinadi:

1. Oʻtkir interstitsial nefrit;

2. Surunkali interstitsial nefrit.

Belgilari tahrir

Simptomlar xarakterlanadi (kasallikning shakli, bosqichi va yalligʻlanish intensivligiga qarab): oyoqlarning shishishi, yuz, proteinuriya, mikrogematuriya, poliuriya, gipoizostenuriya, gipoproteinemiya, giperlipidemiya, arterial gipertenziya, bel sohasidagi ogʻriq, zaiflik kabi alomatlar bilan namoyon boʻladi. Surunkali bosqichda simptomlar biroz yengillashadi, surunkali buyrak etishmovchiligi belgilari kuzatiladi[2].

Davolash tahrir

Davolash infektsiya oʻchoqlarini yoʻq qilish uchun antibiotiklar bilan davolashni oʻz ichiga oladi (faqat tasdiqlangan bakteriuriya bilan); immunitet tizimini mustahkamlovchi vositalar (faqat shifokor nazorati ostida va faqat immunogrammada sezilarli oʻzgarishlar boʻlsa); urolitik (buyraklarda mayda toshlar mavjud boʻlganda) va diuretik (poliurik davrdan tashqari) preparatlar tavsiya qilinadi.

Profilaktikasi tahrir

ORVI ning oldini olish, spirtli ichimliklar va chekishni toʻliq toʻxtatish va metabolizmning boshqa kasalliklarini (podagra) oʻz vaqtida davolash, har qanday dori-darmonlarni (ayniqsa, analetiklar, NYQDlar, allopurinol, antibiotiklar, immunostimulyatorlar va immunomodulyatorlar) qatʼiy nazorat ostida qabul qilish tavsiya qilinadi.

Havolalar tahrir

Manbalar tahrir

  1. Yureva E. A., Vozdvijenskaya Ye. S., Alekseeva N. V., Simanina L. V. i dr. Klinicheskie aspekti dizmetabolicheskix nefropatiy, interstitsialnogo nefrita, mochekamennoy bolezni pri kalsifilaksii // Pediatriya. – 1989. – № 1. – S.44-62.
  2. Mataz A. A., Alekseeva N. V., Straxov S. N. Izmenenie metabolizma pochek u bolnix varikotsele po dannim bioximicheskix issledovaniy mochi // Tezisi dokladov I Kongressa „Sovremennie texnologii v pediatrii i detskoy xirurgii“. – M., 2003. – C. 274.