Intizomiy javobgarlik -OʻzRda oʻz mehnat burchlarini qonunga muvofiq ravishda yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun aybdor boʻlgan xodimga taʼsir koʻrsatish vositasi. Xodimning oʻz mehnat vazifalarini jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻlmaydigan darajada, ammo oʻz aybi bilan qonunga muvofiq ravishda bajarmasligi yoki nobop bajarishi intizomga xilof nojoʻya harakat hisoblanadi. Bu, odatda, xodim zimmasiga mehnat shartnomasi yoki korxona, muassasa, tashkilotdagi ichki mehnat qoidalarini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlar bilan yuklangan mehnat vazifalarini buzishda va uning oʻz aybiga koʻra, qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida qilgan harakati yoki harakatsizligida ifodalanadi. Xodim intizomga xilof nojoʻya harakati uchun, odatda, ish be-ruvchi tomonidan I. j.ga tortiladi yoki unga nisbatan boshqa taʼsir choralari qoʻllanadi. Korxona, muassasa, tashkilotga moddiy zarar yetkazgan xodim mehnat huquqi meʼyorlari boʻyicha moddiy javobgar deb topiladi va I. j.ga tortilishi yoki tortilmasligidan qatʼi nazar, undan zarar undirib olinadi. I. j. boʻyicha mehnat intizomini buzganlik uchun jazo choralari va ularni qoʻllanish, olib tashlash, I.j.ning amal qilishi hamda I. j. ustidan shikoyat etish tartibi OʻzR Mehnat kodeksida (181 —184-moddalar) belgilangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil