Introduksiya (lotincha: introductio - muqaddima) (musiqada) — 1) opera, balet, operetta kabi asarlarning muqaddimasi (uvertyura turi). Operada uvertyuradan soʻng ijro etilayotgan bi-rinchi vokal ansambl yoki xorning chiqishi ham I. deyiladi; 2) simfoniya, sonata, konsert singari asarlardagi 1- yoki yakuniy qism (final)ning muqaddimasi, vazmin surʼatli boʻladi. Oʻzbekiston kompozitorlarining asarlarida ham I. uchraydi. Mas, A. Kozlovskiyning "Ulugʻbek" operasi yakkaxonlar, xor va orkestr ishtirok etadigan I. bilan boshlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil