Bosh menuni ochish

Intuitivizm - falsafadagi oqim. Unga koʻra, intuitsiya bilishning yagona ishonchli vositasidir. Bu oqim tarafdorlari fikricha, intuitsiya ongning ijtimoiy amaliyot va tafakkurga aloqasi boʻlmagan alohida bir xususiyatidir. Intuitsiyani intellektga qaramaqarshi qoʻyish hayot falsafasi (fransuz faylasufi A. Bergson (1859— 1941) va b.) uchun xosdir. Rus faylasuflari S. L. Frank (1877—1950), Ye. N. Trubetskoy (1863—1920), fransuz neo-tomizmi, qisman fenomenologiya vakillari esa intuitsiya bilan intellektni birlashtirishga uringanlar. [1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil