Intuitsiya (lot. intuitio — sinchiklab qarayman) — haqiqatni dalil bilan isbotlamasdan, bevosita fahmfarosat bilan anglab olish qobiliyati; fikran ilgʻab olish ("aqliga kelish") yoʻli bilan tajriba doirasidan chiqish, shaxsiy qobiliyati yoki bilib olinmagan aloqalar, qonuniyatlarni jonli shaklda umumlashtirish.

Tadqiqotchilar fikricha, I.ning hissiy, aqliy va mistik turlari bor. Hissiy I. deb, aqliy mushohada va b. sezgi obrazlariga bogʻliq boʻlmagan holda tushunchadan oldin keladigan intuitiv sezishga aytiladi. Hodisalarning mohiyatini birdaniga aql bilan ilgʻab olish aqliy (intellektual) I. deyiladi (E. Gusserl). Ilohiy qudrat bilan muloqot jarayonida vujudga keladigan mutlaqo ongsiz ilohiy ilhom mistik I. hisoblanadi (J. Mariten). I. — subʼyektning obyekt bilan bevosita qoʻshilishib ketishi okibatidir (A. Bergson). Psixoanalizu I. ijodning ongsizlikdagi ilk tamoyili deb talqin etiladi (3. Freyd). Sharq fal-safasida I.ni "ilohiy ilhom" yoki "ilohiy zehn" deb atashgan (Ibn Sino). I.ni oʻrganib, boshqarib ham boʻlmaydi. U toʻsatdan miyaga kelib qoluvchi fikrdir. Inson miyasida roʻy beruvchi reflektiv jarayonlar shu qadar murakkab zanjirli bogʻlanishlar hosil qiladiki, baʼzan turli sabab-oqibatli zanjirlar tizimidagi halqalar bir-biriga tutashib ketadi. Shunday tutashuv jarayonida inson miyasiga yarq etib yangi fikr kelib qoladi. Ana shu holat I.ning nerv-fiziologik asosi hisoblanadi. Bu kutilmaganda, behosdan roʻy berganligi uchun kishilar I.ni ilohiy va gʻayritabiiy mohiyatga bogʻlab tushuntirishga urinishadi, lekin uning zamirida oʻziga xos psixik jarayonlar yotadi. I. inson miyasida roʻy beruvchi oʻz-oʻzini sozlash, oʻz-oʻzini muvofiklash mexanizmi bilan bogʻlangan. Miyada muayyan paytda oʻz-oʻzidan ishlash jarayoni sodir boʻladi va u oʻz-oʻzicha yangi bilimni ishlab chiqadi. Bu jarayonni ongli nazorat qilmaganligi-miz tufayli miyamizga yangi fikr quy-ilib kelgandek boʻlib tuyuladi. Aslida bu fikrni miyamiz oʻzoʻzidan hisoblab chiqqan boʻladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil