Invisible Touch

Genesis guruhi qoʻshigʻi (1986)

Invisible Touch“ (tarjimasi „Koʻrinmas teginish“) — „Genesis“ ingliz rok guruh ijro etgan qoʻshiq. 1986-yil guruhning ayni nomli albomiga kiritilgan. Qoʻshiq matnini guruh barabanchisi va vokalisti Phil Collins yozgan[3].

„Invisible Touch“
„Genesis“ qoʻshigʻi
„Invisible Touch“ albomidan
B tomon „The Last Domino“
Chiqarilgan sanasi 19-may, 1986-yil(1986-05-19)[1]
Yozib olingan oktyabr 1985-Fevral 1986
Studiya The Farm, Chiddingfold, Surrey
Janr Dens-rok[2]
Davomiyligi
  • 3:27 (LP / 7" version)
  • 5:58 (12" version)
Leybl
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
„Genesis“ singllari xronologiyasi
„Taking It All Too Hard“
(1984)
Invisible Touch
(1986)
„In Too Deep“
(1986)
Klipi
„Invisible Touch“ YouTubeda

„Invisible Touch“ guruhning AQSh xit-paradida birinchi pogʻonaga koʻtarilgan yagona kompozitsiyasidir. Shuningdek, qoʻshiq 1986-yilning yozida „Billboard Hot 100 Airplay“ xit-paradida eng yuqori pogʻonadan uch hafta davomida tushmagan. Bundan tashqari, tarona „Mainstream Rock Tracks“ xit-paradida ham eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan. „Invisible Touch“ albomining besh tregi AQSh xit-paradida birinchi beshtalikka kirgan[4][5] Qoʻshiq Kanada xit-paradida toʻrtinchi, Buyuk Britaniya xit-paradida esa 15-pogʻonaga koʻtarilgan.

Collins „Invisible Touch“ guruh ijrosidagi eng sevimli taronasi ekanligini aytgan. Guruh gitaristi Mike Rutherford esa kompozitsiyani „ajoyib qoʻshiq — quvnoq, ijro etish maza, har qanday ijroda ajralib turadi“, degan[3]. Qoʻshiq „Rock Song Index: The 7500 Most Important Songs for the Rock and Roll Era“ (tarjimasi „Rok indeksi: Rok-n-roll eraning 7500 eng muhim qoʻshigʻi“) kitobiga kiritilgan[6]. 2017-yilda „ShortList“ jurnali xodimi Dave Fawbert „Invisible Touch“ qoʻshigʻi „musiqa tarixidagi eng ajoyib modulyatsiyalardan biriga ega“ deb yozgan[7].

Qoʻshiq uchun rejissyor Jim Yukich klip suratga olgan. Klip Collins, Rutherford va Banks 8MM kamera bilan vaqtichogʻlik qilayotganidan boshlanadi. Buning ortidan guruh qoʻshiqni ijro eta boshlaydi. Klipda Yukichning oʻzini ham koʻrish mumkin.

Konsertlar davomida qoʻshiq deyarli umuman yozuvdagi tonalligida ijro etilmagan. Xususan, dastlabki konsertlarda Collins ovozini zoʻriqtirmaslik uchun qoʻshiq yarim ton past ijro etilgan. 2006-yilgi konsertlarda esa qoʻshiq yanada pastroq past tonlarda ijro etilgan.

Manbalar

tahrir
  1. Kaus, Bob „Genesis: Invisible Touch Press Kit“ 2–3. Atlantic Records (1986-yil 2-iyun). Qaraldi: 2017-yil 31-yanvar.
  2. Reed, Ryan „35 Years Ago: Genesis and Alumni Place Five Songs in Hot 100“. Ultimate Classic Rock (2021-yil 30-may). Qaraldi: 2021-yil 7-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 Barnett, Laura „Phil Collins and Mike Rutherford: how we made Invisible Touch“. The Guardian (2014-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
  4. „Genesis Artist Biography by Bruce Eder – Awards“. Allmusic.com. Qaraldi: 2014-yil 30-mart.
  5. Dean, Maury. Rock N' Roll Gold Rush. Algora, 2003 — 317-bet. ISBN 0-87586-207-1. 
  6. Pollock, Bruce. Rock Song Index: The 7500 Most Important Songs for the Rock and Roll Era. Routledge, 2005 — 186-bet. ISBN 978-0415970730. 
  7. „The 19 greatest key changes in music history“. ShortList (2017-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 13-yanvar.

Havolalar

tahrir