Ion almashinuvi — tutashgan ikki faza oraligʻida ionlarning qaytar almashinish jarayoni. Geterogen I. a. (ionlar almashinadigan sorbsiya) da eritmadagi qattiq faza — ionit sirtidagi ionlar bilan almashinadi. Bir ion, mas, N+ bilan toʻyingan ionit boshqa ionlar, mas, Na+ va Sa2+ boʻlgan eritmaga tutashganda eritma bilan ionit orasida ionlar almashinadi. Bunda eritmadagi Na+ va Sa2+ konsentratsi-yasi kamayadi va shunga ekvivalent miqdorda N+ ionlari paydo boʻladi. Geterogen I. a. dan bugʻ qozonlariga beriladigan suvni tuzsizlantirish, gidrometallurgiya, kimyo va farmatsevtika sanoatida keng foydalaniladi (qarang Ionitlar).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil