Ion mikroskop — ionlar oqimi yordamida oʻrganilayotgan obyektning kattalashtirilgan tasvirini olishga moʻljallangan asbob. I. m. da ionlar oqimi oʻrganilayotgan obyekt atomlari (molekulalari)da sochiladi va energiya yoʻqotadi. Natijada obyektdan chiqayotgan zarralar elektrostatik va magnit linzalar orqali maʼlum energiyaga yoki fotoplyonkalarga fokuslanadi va kattalashtirilgan tasvir hosil qilinadi. Shu tasvirdan oʻrganilayotgan obyekt tizimi, tarkibi va b. xususiyatlari aniqlanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil