Ionlashtiruvchi zarralar oqimining zichligi

Nurlanish maydoni deganda fazoning shunday sohasi tushuniladiki, bu sohaning har bir nuqtasiga nurlanishni xarakterlaydigan fizik kattaliklarning maʼlum qiymatlari mos keladi. Ushbu kattaliklar fazoning berilgan sohasida nurlanishning fazo-vaqt boʻyicha taqsimotini aniqlaydi.

Ionlovchi nurlanish maydon kattaliklari tahrir

Biron muhit sirtiga perpendikulyar yoʻnalgan parallel nurlar dastasini qaraylik.   birlik yuza orqali oqib oʻtgan zarralar soni   ga zarralar oqimining flyuensi deyiladi.

 

Agar qaralayotgan nuqtada nurlanish turli yoʻnalishlar boʻylab tarqalayotgan boʻlsa, u holda natijaviy flyuens har bir yoʻnalish boʻyicha olingan zarralar flyuensining yigʻindisiga teng boʻladi. Bunda nurlanish ixtiyoriy yoʻnalishlarda tarqalishi mumkinligi sababli doira shaklidagi birlik yuza konturi sfera hosil qiladi. U holda flyuensga yana quyidagicha taʼrif berish ham mumkin.

  • Zarralar oqimining flyuensi — elementar sfera koʻndalang kesim yuzasini kesib oʻtib, sfera ichiga oʻtgan zarralar soni.
  • Zarralar oqimining zichligi  - zarralar flyuensi   ning   birlik vaqt ichida oʻzgarishi
 
  • Nurlanish intensivligi   — (nurlanish oqimi zichligi deb ham ataladi) — elementar sfera birlik koʻndalang kesimi orqali vaqt birligi ichida oqib oʻtgan energiya miqdori[1].
 
  • Ionlashtiruvchi zarralar oqimi   — berilgan yuza orqali   vaqt davomida oʻtgan ionlashtiruvchi zarralar soni  
 
  • Nurlanish energiyasining oqimi
 

bu yerda   — berilgan yuzani   vaqt ichida kesib oʻtayotgan barcha ionlashtiruvchi zarralar energiyalarining yigʻindisi. Ushbu yuqorida keltirilgan kattaliklar zarralar oqimining zichligi va nurlanish intensivligi bilan quyidagicha bogʻlangan:

 

Nurlanish maydonining differensial kattaliklari tahrir

Koʻrib oʻtilgan kattaliklarning hammasi nurlanish maydonining integral xarakteristikalari hisoblanadi va ular nurlanishning burchak va energetik taqsimoti boʻyicha yetarli maʼlumot bermaydi. Nurlanish maydonini differensial kattaliklar ancha batafsilroq tavsiflaydi.

Aytaylik,   energiyasi   oraligʻida boʻlgan, birlik vaqt ichida birlik yuzani kesib oʻtayotgan zarralar soni boʻlsin. Ushbu   funksiya zarralar oqimi flyuensining   nuqtadagi burchak va energetik taqsimotini ifodalaydi.   nuqta r radius-vektor bilan aniqlanadi, nurlanish esa   fazoviy burchak boʻylab tarqaladi[2].

  funksiyani burchaklar boʻyicha integrallasak, zarralar oqimi flyuensining energetik taqsimotini hosil qilamiz:

 

Zarralar oqimi zichligining energetik taqsimotini esa quyidagicha ifodalash mumkin:

 

Zarralar oqimi flyuensi va zichligining integral qiymatlari yuqorida keltirilgan ifodalarni energiya barcha qiymatlari boʻyicha integrallash orqali topiladi:

 

(1) ifodada r tushib qolganligini koʻrishimiz mumkin. Bunga sabab, biz   nuqtani qoʻzgʻalmas deb oldik, bundan tashqari, keyingi hisob-kitoblarda nurlanish turi (  neytronlar va hokazo) maʼlum deb hisoblaymiz.

  — nurlanish spektrining   nuqta atrofida   fazoviy burchak boʻylab tarqalayotgan, energiyasi   oraliqda boʻlgan qismining intensivligi. Shunday qilib, nurlanish intensivligining energiya-burchak taqsimoti zarralar oqimi zichligi taqsimoti bilan quyidagicha bogʻlangan ekan:

 

Intensivlikning integral qiymatini topish uchun yuqoridagi ifodani barcha yoʻnalishlar va energiya boʻyicha integrallash kerak boʻladi:

 

Agar integrallash faqat burchaklar boʻyicha amalga oshirilsa, nurlanish intensivligining energetik spektri hosil boʻladi. Aksincha, agar faqat energiya boʻyicha integrallash amalga oshirilsa, intensivlikning burchaklar boʻyicha taqsimoti hosil boʻladi.

Agar oqim zichligi   oʻrniga flyuens   dan foydalansak, energetik flyuens   hosil boʻladi:

 


Shuningdek qarang tahrir

Bregg-Grey nazariyasi

Klinik dozimetriya

Ionlovchi nurlanishlarni qayd qilish usullari



Manbalar tahrir

  1. DAVID A. SCHAUER, JOSEPH A. SAYEG, in Handbook of Radioactivity Analysis (Second Edition), 2003
  2. Cyclotron Production of Unconventional Radionuclides for PET Imaging: the Example of Titanium-45 and Its Applications. Article. Pedro Costa , Luís F. Metello, Francisco Alves M. Duarte Naia. Published: 3 June 2018