Bosh menuni ochish

Iordan, Nahr ushshariʼa — Gʻarbiy Osiyodagi daryo, koʻp qismi Iordaniya xududida. Uz. 252 km. Jabal ush-Shayx (Harmun) tizmasidan boshlanadi. Meridional yoʻnalishdagi Hor (Alhor) tektonik choʻkmasidan oqib, chuchuk suvli Havla va Tabariya (Gʻani-saret) koʻllari orqali oʻtadi va Oʻlik dengizga quyiladi. I.ning yuqori oqimida vodiysi tor, ostonalardan oʻtgan joylarda sharsharalar hosil qilgan. Suv sarfi 50 m3/sek. Grunt va koʻllardan suv oladi. Eng katta irmogʻi — Yarmukning I.ga quyilishiga yaqin joyda toʻgʻon va katta GES qurilgan. Daryodan sugʻorishda foydalaniladi. I. vodiysi — Iordaniyaning asosiy dehqonchilik r-ni.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil