Iosif Radun
Iosif Veniaminovich Radun (1911.31.7, Melitopol shahri — 1988) - rejissyor, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). Moskva teatr sanʼati institutini tugatgan (1939). Toshkent yosh tomoshabinlar teatrida bosh rejissyor (1947—48), ayni vaqtda Rus akademik drama teatrida (1945—46) rejissyor 1945-yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida kafedra mudiri, dotsent (1948-yildan) bo'lib ishlagan. Oʻzbekiston teatrlarida koʻpgina spektakllar ["Vanya togʻa" (A. Chexov), "Shoh Edip" (Sofokl), "Revizor" (N. Gogol), "Otello" (U. Shekspir), "Qoʻzibuloq qishlogʻi" (Lope de Vega), "Uch baxrdir" (T. Sobirov), "Kimga toʻy, kimga aza" (N. Safarov), "Zarafshon qizi" (D. Fayziy) va boshqa] sahnalashtirib, oʻzbek teatri sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshdi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |