Iov Mnogostradalniy ibodatxonasi (Urganch)

Iov Mnogostradalniy ibodatxonasi — Rus pravoslav cherkovining Oʻrta Osiyo Metropolitan okrugiga qarashli Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasining Xorazm viloyati, Urganch shahrida joylashgan hozirda faoliyat yuritayotgan pravoslav cherkovi[1][2]. Ibodatxona Urganch temiryoʻl vokzalining yonida joylashgan[2]. Ibodatxona mamlakatning gʻarbiy qismidagi yetakchi markazlardan biridir[3].

Iov Mnogostradalniy ibodatxonasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Faoliyat koʻrsatmoqda
Joylashuvi Yoshlik koʻchasi 20/1, Urganch
Iov Mnogostradalniy ibodatxonasi (Urganch)

Tarixi

tahrir

1950-yillarda Urganch shaharida ruhoniy boshchiligidagi cherkov jamoasi paydo boʻldi, chunki Urganchda anchadan beri shakllangan rus posyolkasi oʻzining cherkov tashkilotiga ehtiyoj sezgandi. Ammo ibodatxona boʻlmagani uchun ibodat va diniy marosimlar aholining uylarida oʻtkazilgan[4]. 1990-yillarda shahardagi ruslar mahalliy hokimiyatdan ibodatxona uchun yer ajratishni soʻrab murojaat qilganlar[4].

1990-yilda Avliyo Nikolay cherkovining (Kogon shahri) bosh ruhoniysi Vyacheslav Chechenov Urganchdagi cherkov tashkilotiga ruhoniy etib tayinlanadi, keyinroq esa Muqaddas Sergey Radonej cherkovi (Navoiy) bosh ruhoniysi Leonid Kozin ushbu cherkov tashkilotida xizmat qilgan.

2000-yillarning boshidan 2007-yilgacha Avliyo Nikolay cherkovining ruhoniysi Sergiy Zavorotnev Urganchdagi cherkov tashkilotida faoliyat olib borgan. 2007-yilda iyeromonax Nektariy (Blinov) ibodataxonaning bosh ruhoniysi boʻlgan[5].

2008-yilda ibodatxonaning yangi binosi poydevoriga birinchi tosh qoʻyilgan[4][5]. 2012-yil 3-aprelda ruhoniy Mark Matizov ibodatxonaning bosh ruhoniysi etib tayinlanadi[3][6]. Ibodatxonaning yangi binosi 2014-yilda qurib bitkazilgan va hozirda ichki qismini bezatish ishlari olib borilmoqda. Ibodatxona yaqinida esa obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Hozirgi Xorazm hududida hech qachon ibodatxona boʻlmagan. Yangi ibodatxona noyob loyiha (qadimgi rus cherkov me'morchiligi) asosida qurilgan boʻlib, vokzal yonida xoch shaklidagi ikki qavatli bino koʻrinishida barpo qilingan[4].

Muqaddas bayrami: 19-may

Manbalar

tahrir