Ipak qurti kasalliklari - ipak qurtlarida uchraydigan kasalliklar. Tut ipak qurtlarida, asosan, quyidagi kasalliklar uchraydi: Sariq (virus) kasalligi ipak qurti, kapalagi hamda gʻumbaklarida uchraydi. Virus, asosan, qurt terisidagi jarohat orqali yuqadi. Kasallangan qurt sargʻayib, har tarafga oʻrmalay boshlaydi, koʻpincha, soʻkchakdan tushib ketadi. Qurt tanasining boʻgʻim orasi shishib, 1—2 kunda nobud boʻladi. Pebrina kasalligi (nozematoz)ni sodda parazit — nozema qoʻzgʻatadi. Qurt parazit sporalarini barg bilan yeb yuborishi natijasida kasallanadi. Kasallangan qurt tanasida mayda qora dogʻlar paydo boʻlib, oʻsishdan toʻxtaydi va nobud boʻladi. Bu kasallik nasldan naslga oʻtadi. Jonsizlanish kasalligi koʻpincha, oxirgi 3 yoshdagi qurtlarda kuzatiladi. Bunda qurt ichagida har xil bakteriyalar ichak epiteliysini yemirib, qonga oʻtadi va zaharlaydi. Qurtlar ichi ketib, ozadi, pilla ichida gʻum-bakka aylanmay, chiriydi, bunday pillalar qorapachoq deyiladi. Kon chirish kasalligi da bakteriya qurt terisining jarohatlangan joyidan kirib, qonga oʻtadi. Kurt kusib, barg yemay qoʻyadi, tanasi qorayadi, harakatdan toʻxtaydi. Liqqoqlik surunkali kasallik. Ipak qurti yoki asalari streptokokklari qurtning oʻrta ichagini zararlab kasallantiradi. Kurt bargni kam yeydi, ichi ketadi, terisi burishib, qoʻngʻir tusga kiradi. Bunday qurtlar kech pilla oʻraydi, pillasi juda yupqa va mayda boʻladi. Oʻlgan qurtlar burishib qoladi. Muskardina kasalligi da parazit zamburugʻlar sporasi ipak qurti tanasiga tushib, terisini teshadi va iplari (gifalari) qurtning hamma organiga oʻsib kiradi. Qurt boʻshashadi, barg yemaydi, qarakatlanmaydi, tanasida kora dogʻlar paydo boʻlib, nobud boʻladi, soʻng mitseliylar tanani teshib, sirtga chiqadi, qurt toshdek qotib qoladi. Shu sababli bu kasallik "tosh kasalligi" deb ham ataladi.

Kurash choralari: qurt boqish sanitariya qoidalariga rioya qilinadi, qurtxona formalin va xloramin bilan dezinfeksiyalanadi. Ad.: Gʻaniyeva M.R., Tut ipak qurti kasalliklari va zararkunandalari, T., 1963.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil