Ipak yoʻli banki
Ipak yoʻli banki — Oʻzbekistondagi aksiyadorlik tijorat-innovatsiya banki. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, 1990-yil dekabr oyida tashkil etilgan. Boshqaruvi (bosh boʻlimi) Toshkent shahrida joylashgan. Mirzo Ulug'bek (Toshkent sh.), Navoiy (Navoiy sh.) filiallari, Umar (Samarqand sh.), Namangan (Namangan sh.) mintaqaviy filiallari bor. Bankning asosiy aksiyadorlari „Baraka“ universal lizing kompaniyasi, „Oʻzbekinvest“ milliy eksport-import sugʻurta kompaniyasi, „Kafolat“ davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi va b. (jami aksiyadorlari soni 400 dan ortiq; 2002). Bank faoliyat yuritayotgan hududlarda yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va oʻrta biznes korxonalari, davlat tashkilotlari va muassasalariga bank xizmatlari koʻrsatish, korporativ mijozlarga xizmat koʻrsatish tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Bank keng koʻlamdagi bank xizmatlari va kredit operatsiyalari bilan bir qatorda lizing, faktoring va loyihalarni moliyalashtirish operatsiyalarini, naqd va naqd boʻlmagan valyuta mablag'lari bilan amalga oshiriladigan amaliyotlarni, mijozlar (8 mingga yaqin) nomidan qimmatli qogʻozlar bozorida amaliyotlarni oʻtkazadi. Xalqaro moliya muassasalari bilan hamkorlik qiladi.[1]
Ipak yoʻli banki | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Asos solingan | 1990-yil dekabr |
Bosh kompaniyasi |
„Baraka“ universal lizing „Oʻzbekinvest“ SK „Kafolat“ SK |
Ipak yoʻli banki Vikiomborda |
Rasmiy ilovasi
tahrirBankning rasmiy ilovasi - Ipak Yo'li Mobile, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.[2]
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ https://depozit.uz/partners/banks/ipak-yoli-banki
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |