Ipakchi koʻchasi (Toshkent)
Ipakchi koʻchasi — Shayxontohur tumanidagi shu nomli mahalla hududida joylashgan. Kichik halqa yoʻli va Alp Jamol-2 koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 1 km atrofida.
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Shayxontohur |
Uzunligi | 1 km |
Kim sharafiga nomlangan | Ipakchilik Ilmiy Tadqiqot Instituti |
XX asrning 2-yarmida tashkil topgan. Yoʻnalishida Ipakchilik Ilmiy Tadqiqot Instituti va atrofida tajriba uchun ekilgan tutzor boʻlgani uchun shu nom bilan atalgan. Koʻcha yoʻnalishida shaxsiy turar joy binolari, mahalla guzari, toʻyxona, oilaviy poliklinika, tez yordam xizmati, savdo shoxobchalari, bogʻcha va bekatlar joylashgan. Shahar markazini Jarariq va Ibn Sino mavzelari bilan bogʻlaydi. Koʻchada taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilgan[1].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.