Ipoxondriya (yun. hupochondrion — qovurgʻalar osti, biqin), ipoxondriya sindromi — ruhiy holat; oʻz sogʻligʻiga va umuman hayotiga haddan tashqari shubha bilan qarash, biror kasalligi boʻlsa, oshirib yuborish va oʻzida yoʻq kasallikni bor deb bilish. I. kishi harak-terining bir xususiyati yoki endi boshlangan biror ruhiy kasallik ifodasi boʻlishi mumkin. I.da bemor tanasining turli qismlarida biror xastalikka "taalluqli" (mas, qichima, ogʻriq, yurak oʻynashi) noxush hislar seza boshlaydi va butun diqqatini shunga qara-tadi; shifokorning hech qanday kasalingiz yoʻq deganiga ishonmay, boshqa mutaxassisga koʻrsatadi va uni tezroq tuzatish choralarini koʻrishga undaydi. I. koʻpincha oʻlim va tuzalmaslik xavfi bilan kechadi. I.da "xastalik" belgilari nihoyatda turli-tumanligi, haqiqatdan yirokligi bilan ajralib turadi va bunga nisbatan ularda tanqid yoʻqolgan boʻladi. Bemorlar oʻta bezovta boʻlib, turli soha vrachlari, tabiblar va hokazoga murojaat etadi, oʻzlaridagi "xastalik" belgilarini nihoyatda koʻpirtirib koʻrsatadi, tezroq tuzatish tadbirlarini koʻrishga qistaydi, yigʻlaydi va hokazo. Koʻpincha ular oʻzlarini xavfli oʻsma (rak), sil, oq qon (leykoz), yurak kasalliklari bilan ogʻrigan qilib koʻrsa-tishadi. I. shilqimlik, depressiv, pa-ranoyal va paranoid sindromlari koʻri-nishida kechadi. I. nevroz, shizofreniya va hokazo kasalliklarda uchraydi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil