Iqlim melioratsiyasi, iqlimni yaxshilash — inson manfaati yoʻlida mahalliy sharoitni ijobiy oʻzgartirish (mas, aholi turmush sharoitini yaxshilash, qishloq xoʻjaligining ayrim tarmoklarini rivojlantirish va hokazo) maqsadida iqlimni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. Maʼlumki, insonning xoʻjalik faoliyati natijasida iqlim salbiy jihatdan ancha oʻzgarishlarga duchor boʻladi. Masalan, oʻrmonlardagi daraxtlarni jadallik bilan kesish, foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish, elektr styalari (atom, issiklik va gidro-elektr st-yalari) qurish, sanoat maj-mualari barpo qilish, qoʻriq yerlarni ochish, botqoqliklarni quritish, suv omborlari qurish, kosmik kemalarni uchirish, atom bombalarini sinash va b. natijasida atmosfera va yer sirtining radiatsiya balansi, issiklik balansi oʻzgaradi, havo ifloslanadi, temperatura koʻtarilib, muzliklarning erishi kuchayadi. Bularning barchasi oqibatda iqlimning oʻzgarishiga olib keladi. Ayniqsa, yirik shaharlarda oʻziga xos salbiy mikroiqlim vujudga keladi, chunki bu yerlarda muntazam ravishda at-mosferaga chang, gaz va issiklik ajralib turadi.

Ushbu salbiy oqibatlarni maʼlum darajada bartaraf qilish va iqlimni yaxshilash maqsadida maxsus tadbirlar ishlab chiqiladi va joriy qilinadi. Mas, daraxtzorlarni koʻpaytirish, suv omborlarini meʼyorlab turish, sanoat korxonalarini toʻgʻri joylashtirish, ularning ish maromini yaxshilash, aholi yashaydigan mavzelarni bir meʼ-yorda joylashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratib berish, qishloq joylarda shoʻr yuvish va yerlarni quritish ishlarini, melioratsiya va sugʻorish ishlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, zaharli oʻgʻitlarni meʼyorida ishlatish va b. tadbirlar iqlimni ancha yaxshilashga xizmat qiladi. I.m. nisbatan katta boʻlmagan hududlarda, asosan, yer yuzasi va atmosferaning yerga yaqin qatlamida oʻtkazilishi mumkin.

Kattagina hududlar uchun I. m. texnika vositalari yordamida atmosferaga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etishga yoki iqlimni hosil qiluvchi jarayonlarni vujudga keltiruvchi geografik omillarni oʻzgartirishga asoslangan boʻlishi mumkin. Mas, Yer va kosmik fazo oʻrtasida issiqlik almashinuvini oʻzgartirish uchun atmosferaning yuqori qatlamlarini changlatish; uning umumiy dirkulyasiyasiga taʼsir etish maq-sadida atom energiyasidan foydalanish; okean oqimlari maromini oʻzgartirish uchun okeanda toʻgʻonlar qurish; qutb muzliklarini eritish va hokazo tad-birlarni bajarish. Yerdagi moʻʼtadil iqlim sharoitlarini saqlash va atrof muhitda sodir boʻlayotgan tabiiy jara-yonlarga antropogen aralashish tufayli iqlimning yomonlashuvini cheklash choralari koʻrish maqsadga muvofiqdir (mas, maxsus reagentlar yordamida bu-lutlar va tumanliklarni tarqatish, sunʼiy yogʻinlar yogʻdirish, yashil zonalar hosil qilish va h. k.).

I.m.ning asosiy vazifalaridan biri qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining rivojlanish sharoitlarini yaxshilashdir. Shu sababli, I.m. ekin maydonlarini shamoldan toʻsuvchi daraxtzorlarni koʻpaytirish, tuproq melioratsiyasi va sunʼiy sugʻorish, togʻ va choʻl mintaqalarida sunʼiy yoʻl bilan yogʻin yogʻdirish usullari orqali amalga oshiriladigan qishloq xoʻjaligi melioratsiyasining tarkibiy qismiga kiradi (qarang Melioratsiya).

Iqlim xossalaridan qishloq xoʻjaligi ekinlari rivojlanishiga eng noqulayi issiqlik va namlik yetishmasligi hisoblanadi. Namlik yetishmaydigan mintaqalarda yogʻin koʻrinishida bulutlardan yogʻadigan barcha suv quyosh nurlari is-sikligi taʼsirida tez orada bugʻlanib ketadi va oʻsimliklar kerakli namlikdan mahrum boʻladi. Bu mintaqalarda I. m. sunʼiy sugʻorish yordamida amalga oshiriladi, uning samaradorligini dalani quruq shamollardan toʻsuvchi da-raxtzorlar yordamida koʻtarish mumkin. Ortiqcha namlikka ega va issiqlik yetishmaydigan joylar va doimo quruq, namlik keskin yetishmaydigan mintaqalar orasidagi maydonlarda ayrim yillari qishloq xoʻjaligi ekinlariga katta ziyon yet-kazuvchi qurgʻoqchiliklar kuzatiladi. Bu joylarda oʻsimlik uchun eng xavflisi garmseldmr. Bu yerlarda melioratsiya tad-birlarining asosiy maqsadi oʻsimliklarning tuproq qatlamidagi oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan namlik zaxira-sini koʻpaytirish va garmsellarning salbiy taʼsirini yumshatishdan ibo-ratdir. Umumiy yogʻinlar miqdori yetarli, qurgʻoqchilik ahyon-ahyonda boʻlib turaditan joylarda bu ishlar tuproq namligi zaxirasini oshirish, dalani quruq shamollardan toʻsuvchi daraxtzorlarni koʻpaytirish va tuproq melio-ratsiyasini qoʻllab amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda sobiq Ittifoq davrida qoʻriq yerlarning koʻplab oʻzlashtirilishi, sunʼiy suv omborlari qurilishi, Orol dengizining quriy bori-shi, mineral oʻgʻitlardan foydalanishda meʼyorning buzilishi, sanoat korxonalarining shaharlar ichida joylashtirilganligi va b. omillar iqlimning salbiy oʻzgarishiga sabab boʻldi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, bu salbiy oqibatlarni bartaraf qilish tadbirlari koʻrila boshladi. Xususan, Orol dengizining toʻldirish choralarini koʻrish, uning atrofidagi ekologik vaziyatni yaxshilash, sugʻorish tizimlarini tartibga solish, suv omborlaridan toʻgʻri foydalanishni yoʻlga qoʻyish, shaharlar ichidagi sanoat korxonalarida tozalash tizimlaridan unumli foydalanish, zararli mineral oʻgʻitlarni meʼyorida ishlatish, ihota daraxtlari ekish, oʻrmonli zonalarni kengaytirish, sunʼiy yomgʻirlatish tizimlaridan foydalanish, budut va tumanlarni haydash usullaridan foydalanish va hokazo tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ekosan fondining tashkil qilinishi ham I.m. tadbirlarini amalga oshirishga ijobiy taʼsir qiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil