Irene Kharisma Sukandar
Irene Kharisma Sukandar (1992-yil 7-aprelda tugʻilgan) — indoneziyalik shaxmatchi. U ayol grossmeyster (WGM) va xalqaro shaxmat ustasi (IM) unvonlariga erishgan, Indoneziyalik birinchi ayol shaxmatchidir. U Gunadarma universitetini tamomlagan. U 2013-yilda Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarida ikkita oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Faoliyati
tahrirSukandar 2006-yildan 2010-yilgacha shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Indoneziya chempionatida, qatorasiga toʻrt marta gʻolib chiqqan. U 2004—2014-yillarda beshta ayollar shaxmat olimpiadalarida, 2009-yilda ayollar oʻrtasidagi jamoaviy Osiyo chempionatida, 2007-yilda 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon shaxmat olimpiadasida, 2006-yilgi Osiyo oʻyinlarida va 2009-yilgi Osiyo oʻyinlarida[1] Indoneziyani himoya qilgan. 2004-yilda 36-shaxmat olimpiadasida 3-bortda yakka tartibda kumush medal, blits-shaxmat boʻyicha jamoaviy bahsda bronza medalini qoʻlga kiritdi[2].
Sukandar 2005-yil iyun oyida Tailandning Pattaya shahrida shaxmat boʻyicha oʻtkazilgan, „Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi“ chempionatning 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida gʻolib boʻldi[3]. U 2006-yilda Jakartada oʻtkazilgan „Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi“ chempionatida, 18 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida birinchi oʻrinni egalladi[4].
2008-yilning mart oyida Sukandar Ukrainaning Xarkov shahrida oʻtkazilgan „Rektor kubogi“ning ayollar oʻrtasidagi bahsida, ukrainalik shaxmatchi Galina Breslavskani tay-breykda magʻlub etdi[5]. 2010-yil iyul oyida Sukandar „Bruney Invitational IM“ turnirida Hindiston tashqi ishlar vaziri Ramnath Bhuvanesh bilan birinchi oʻrinni egaladi va Xalqaro shaxmat ustasi (IM) unvonini qoʻlga kiritdi[6].
2012-yili Vetnamning Xoshimin shahrida shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqdi[7]. Ushbu gʻalaba tufayli, u 2014-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi va bu huquqni qoʻlga kiritgan birinchi indoneziyalik boʻldi[8].
2013-yilning may oyida Sukandar Gretsiyaning Xalkidiki shahrida boʻlib oʻtgan, „Buyuk Aleksandr“ ochiq chempionatida gʻolib chiqdi[9]. 2013-yil dekabr oyida u Myanmaning Neypido shahrida boʻlib oʻtgan, 2013-yilgi Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarida tezkor va blits-shaxmat boʻyicha ikkita shaxsiy oltin medalni qoʻlga kiritdi[10].
2014-yilda Sukandar oʻsha yili Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida oʻtkazilgan ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ikkinchi bor gʻoliblikni qoʻlga kiritdi[11]. Ushbu gʻalaba unga 2016-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatining finaliga yoʻl olchdi.
U 2015-yilgi Moskva ochiq chempionatining G boʻlimida (talaba qizlar oʻrtasida oʻn nafar oʻyinchidan iborat davra turniri) 7,5/9 ball bilan ikkinchi oʻrinni egallagan, Alina Kashlinskayadan ikki ochko oldinda gʻolib chiqdi[12].
2016-yilda u Virginia shtatining Herndon shahrida boʻlib oʻtgan „Continental Class chempionati“ning Master boʻlimida Julio Catalino Sadorra, Sergey Erenburg va Priyadharshan Kannappan[13] bilan birinchi oʻrinni egalladi[14].
2018-yilda u 5,5/9 ball toʻplagan holda „Doeberl Cup“ musobaqasining eng yaxshi ayol shaxmatchisi boʻldi[15]. 2018-yil noyabr oyida u 7,5/9 ball toʻplagan holda 2018-yilgi „Hjorth Open“ turnirida gʻolib chiqdi[16].
Manbalar
tahrir- ↑ Irene Kharisma Sukandar team chess record at Olimpbase.org
- ↑ Musthofid (7 July 2013). „Indonesian chess team wins bronze“. The Jakarta Post.
- ↑ 6th ASEAN Age-Group Chess Championships (Wayback Machine saytida 2016-04-10 sanasida arxivlangan). Vietnamese Chess Federation.
- ↑ 7th ASEAN Age Group Chess Championships (Wayback Machine saytida 2016-04-10 sanasida arxivlangan). Vietnamese Chess Federation.
- ↑ Anastasiya Karlovich (13 March 2008). „Kharkiv: Rebellion of the Youngsters“. ChessBase.
- ↑ „Brunei Invitational IM Tournament“ (Wayback Machine saytida 2017-03-14 sanasida arxivlangan). Chessdom. 30 July 2010.
- ↑ „Indonesian wins Asian chess tournament“ (Wayback Machine saytida 2013-11-10 sanasida arxivlangan). The Jakarta Post. 13 May 2012.
- ↑ „Irene to make history after Asian victory“ The Jakarta Post. 16 May 2012.
- ↑ „Irene Kharisma Sukandar wins Alexander The Great Open“. FIDE.
- ↑ „The 27th SEA Games — Results“. FIDE.
- ↑ Sagar Shah (1 May 2014). „Irene Sukandar Asian Womenʼs Champion“. ChessBase.
- ↑ Albert Silver (8 February 2015). „Moscow Open won by Inarkiev and Tingjie“. ChessBase.
- ↑ „Continental Class Championships 2016 Standings — Master Section“ (Wayback Machine saytida 2023-04-23 sanasida arxivlangan). CCA Chess Tournaments.
- ↑ Open Standing After Round 5. Chess Stream.
- ↑ Sukandar. „Gareyev grabs O2C Doeberl Cup“. Chess Base. Qaraldi: 2018-yil 7-aprel.
- ↑ Ly. „Interview with 2018 Hjorth Open winner Irene Sukandar“. Chess Chat. Chess Chat. Qaraldi: 2019-yil 26-yanvar.