Irina Bliznova
Irina Yuriyevna Bliznova (1986-yil 6-oktyabrda tugʻilgan, Krasnodar, SSSR) – rossiyalik gandbolchi, futbolchi va Rossiya terma jamoasining sobiq sardori, Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi. 2016-yilgi Olimpiya chempioni, 2008-yil Pekindagi yozgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori.
Biografiyasi
tahrirKrasnodarda tugʻilgan. 8 yoshidan mahalliy Olimpiya zaxiralari bolalar va oʻsmirlar sport maktabida gandbol bilan shugʻullangan. Irinaning birinchi murabbiylari Sergey Nikolayevich va Irina Vasilevna Kos boʻlgan. Faoliyatining koʻp qismini „Lada“ klubida oʻtkazgan, jamoa tarkibida bir qator sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Rossiya terma jamoasi tarkibida 2005 va 2007-yillarda ikki marta Jahon chempionatida gʻolib chiqqan, 2016-yilda esa Olimpiya oʻyinlari chempioni boʻlgan. Rio-de-Janeyroda gʻalaba qozonganidan soʻng, faoliyatini yakunlashini eʼlon qilgan. 2019-yil may oyida sportdagi faoliyatini davom ettirishini eʼlon qilgan va „Lada“ gandbol klubi bilan yangi shartnoma imzolagan. 2020-yil avgust oyida yana faoliyatini yakunlashga qaror qilgan. Gandbolchi oʻz qarorini Tolyatti „Lada“ bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmagani bilan izohlagan.
Sportdagi faoliyatini yakunlagach
tahrirTolyatti iqtisodiyot va texnologiya kollejida (TETK) „Jismoniy tarbiya“ mutaxassisligi boʻyicha yetakchi oʻqituvchi boʻlib ishlagan.
2017-yil 28-avgustda ixtiyoriy ravishda Tolyatti shahri rahbarining sport boʻyicha maslahatchisi etib tayinlangan[1].
2018-yilda Tolyatti Dumasiga nomzod sifatida „Yagona Rossiya“ partiyasi roʻyxatida qatnashgan[2].
2020-yilda „Tolyattikauchuk“ koʻmagida Irina Bliznova nomidagi gandbol maktabini tashkil etgan.
2021-yil 25-aprelda „Lada“ gandbol klubi direktori, 2021-yil iyul oyida esa klub prezidenti boʻladi.
Shaxsiy hayoti
tahrir2009-yilda Xalqaro bozor institutini tamomlagan[2]. Tolyatti davlat universitetida jismoniy tarbiya va sport sohasida kasbiy qayta tayyorlashdan oʻtdi. Eri: Aleksandr Smirnov. Ikki farzandi bor.
Yutuqlari
tahrir2001:
- Qizlar oʻrtasida Rossiya chempioni
2003:
- Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni
2004:
- Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni
2005:
- Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempioni;
- Jahon chempioni
- Rossiya chempioni
2006:
- Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori;
- Rossiya chempioni
- Rossiya kubogi gʻolibi
2007:
- Jahon chempioni
- Jahon kubogi gʻolibi
- Chempionlar ligasining kumush medali sohibi
- Rossiya chempionatining kumush medali sovrindori;
2008:
- Rossiya chempioni
2008:
- Pekin Olimpiadasining kumush medali sovrindori
2012:
- Yevropa gandbol federatsiyasi kubogi gʻolibi
2016:
- 2016 yilgi Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada chempioni
Mukofot va unvonlari
tahrir- Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi
- II darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ medali (2009-yil 2-avgust) – jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi, 2008-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan XXIX Olimpiada oʻyinlarida yuqori sport yutuqlari uchun[3]
- Doʻstlik ordeni (2016-yil 25-avgust) – 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) boʻlib oʻtgan XXXI Olimpiada oʻyinlarida gʻalaba qozonish irodasini va qatʼiyatini koʻrsatgan yuqori sport yutuqlari uchun[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Олимпийская чемпионка Ирина Близнова стала советником Сергея Анташева“. 2021-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-may.
- ↑ 2,0 2,1 „Близнова Ирина Юрьевна/энциклопедия кандидатов“. 2021-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-may.
- ↑ Ukaz Prezidenta RF ot 2-avgusta 2009 g. № 885
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 25.08.2016 № 429 «О награждении государственными наградами Российской Федерации»“. 2018-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-avgust.