Tolyatti
Tolyatti (1964-yilgacha Stavropol "Ставрополь") — Tolyatti (rus. Тольятти). Rossiya Federatsiyasi, Samara viloyatidagi shahar. Volga daryosidagi port shahar, temir yoʻl stansiyasi shahri hisoblanadi. Kuybishev suv omborining chap sohilida joylashgan. Aholisi 667.956 kishi (2024). Tolyattiga 1737-yili asos solingan. Volga.GES suv omboriga suv toʻldirilishi munosabati bilan (1950-yillar oʻrtalarida) shahar butunlay yangi joyga koʻchirildi[3]. 1964-yilda shahar Palmiro Tolyatti (Пальмиро Тольятти) sharafiga "Tolyatti" nomi qoʻyildi[4]..
Tolyatti rus. Тольятти | |
---|---|
shahar | |
53°31′0″N 49°25′0″E / 53.51667°N 49.41667°E | |
Mamlakat | Rossiya |
viloyat | Samara viloyati |
Hukumat | |
• mer | Andreev Sergey Igorevich |
Asos solingan | 1737 |
Avvalgi nomlari | 1964-yilgacha — Stavropol |
Maydon | 31,478[1] km2 (12,154 kv mi) |
Markazi balandligi | 90 m |
Rasmiy til(lar)i | rus tili|ruscha |
Aholisi (2024) |
▼667,956 |
Zichligi | 2287 kishi/km2 |
Milliy tarkib |
ruslar — 86,1% tatarlar — 4,1% ukrainlar — 2,1 % mordvalar — 1,8% chuvashlar — 1,6% boshqalari — 4,3%[2] |
Vaqt mintaqasi | UTC+4 |
Telefon kodi | +7 8482 |
Pochta indeks(lar)i | 445xxx |
Avtomobil kodi | 63, 163 |
|
Sanoati
tahrirVolga avtomobil zavodining qurilishi (1967—72) shahar taraqqiyotiga muhim taʼsir koʻrsatdi. Mashinasozlik va metallsozlik ("AvtoVAZ" bosh korxonasi) yetakchi oʻrinda edi, transformatorlar ishlab chiqarildi, kema taʼmirlashmexanika zavodi faoliyat koʻrsata boshladi. Kimyo sanoati (mineral oʻgʻitlar, sintetik kauchuk va boshqalar) rivojlangan. 2 ilmiy tadqiqot istituti, politexnika instituti, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor.
Manbalar
tahrir- ↑ БД ПМО Самарской области. Тольятти, 2014-02-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-02-15
- ↑ „Итоги::Самарастат“. 2013-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-mart. (WebCite saytida 2013-03-27 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Итоги исполнения «Городской целевой программы рационального использования, защиты, и воспроизводства лесов»“. Мэрия Тольятти. 2013-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 14-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2013-12-07 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Структура управления городским округом“. Мэрия Тольятти. 2008-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2008-04-01 sanasida arxivlangan)
Havolalar
tahrir- Портал мэрии городского округа Тольятти (Wayback Machine saytida 2019-06-03 sanasida arxivlangan)
- Лица и организации, награждённые Почётной грамотой Думы городского округа Тольятти (Wayback Machine saytida 2010-10-31 sanasida arxivlangan)
- Тольятти в энциклопедии «Мой город»
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |