Irma dovuli
Irma dovuli — 5-darajali kuchli atlantik tropik sikloni. 2010-yilgi "Juliya[1]" dovulidan soʻng, birinchi eng katta sharqiy Atlantik okeanida paydo boʻlgan dovul va 2017-yilgi Atlantik dovullar mavsumining ikkinchi yirik dovuli. Tarixdagi 5-darajali dovulardan eng koʻp davom etgani va atlantika dovularidan eng kuchlisi.
5-darajali dovul | |
---|---|
Shakllanishi | 30-avgust 2017 |
Parchalanishi | 12-sentyabr 2017 |
Maksimal shamol |
185 mph (295 km/s) (1 daqiqa har doim) 260 mph (415 km/s) (birdan kuchayishi) |
Pastki bosim |
≤ 925 nbar (gPa); 694,56 mm HG |
Oʻlimlar | 134 |
Jarohatlar | ? |
Ziyon | $64,760 mlrd (2017 AQSh Dollari) |
Irma — Afrika mintaqasida kuchli tropik toʻlqinlar chiqishida Kabo-Verde orollarida 30-avgust 2017-yili paydo boʻlgan. Qulay sharoitlar sababli 24 soat ichida Irma dovuli ikkinchi daraja xavfiga tushdi. 5-sentyabr kuni Irma juda yirik 5-darajali dovulga aylandi. Shamolning tezligi 295 km/s yetdi (shamolning kuchayishi 360 km/s yetdi), bu Irmani eng kuchli atlatik tropik sikloniga aylatirda, 2005-yilgi "Vilma" dovuli paytidan soʻng[2][3][4].
Irma dovuli Barbuda, Sen-Bartelemi, Sen-Marten, Angilya, Virginiya orollari, Terks va Kaykos va Bagama orollarining janubiy hududida juda ogʻir vayronalarga olib keldi[5]. Barbuda va Sen-Martenda dovul 90% binolarni xonavayron qilgan, yarimidan koʻp odam uysiz qolgan. Sint-Martenda Juliana Malikasi Xalqaro Aeroporti barbod boʻlgan[6]. Maʼlumotlarga koʻra 8-sentyabrda 23 kishi halok boʻlgan.
8 va 9-sentyabr tuni dovul Kubaning shimoliy qirgʻoqlariga yetgan va orolning qirgʻoq chizigʻi tomon yoʻl olgan. Shimoliy sharq provinsiyalari ancha vayron boʻlgan[7]. Etralab 10-sentyabr kuni u Floridaga yetib borishi kerak. Shtatning janubida 5,6 million odam evakuatsiya qilingan. Shu sabab Mayami dovul vaqtida sharpa-shaharga aynaldi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ https://twitter.com/philklotzbach/status/903355414858919936
- ↑ https://www.theverge.com/2017/9/1/16239514/hurricane-irma-east-coast-cape-verde-flooding-storm
- ↑ https://amp.cnn.com/cnn/2017/08/31/us/hurricane-irma-forecast-weather/index.html
- ↑ https://phys.org/news/2017-08-gpm-satellite-tropical-storm-irma.html
- ↑ https://www.theguardian.com/world/live/2017/sep/07/hurricane-irma-live-latest-updates-caribbean
- ↑ https://ria.ru/world/20170907/1501975237.html
- ↑ http://www.bbc.com/russian/news-41210299