Iroqliklar (Iroq arablari) -xalq. Iroqning asosiy aholisi (14,5 mln. kishi). Umumiy soni 14,6 mln. kishi (1990-y. laroʻrtasi). Shuningdek, Kuvayt, Germaniya va b. mamlakatlarda ham yashaydilar. Arab tilining Iroq lahjasida gaplashadilar. Dindorlari — asosan, shim. da musulmon-sunniylar, jan. da shialar. Iroqhududi (Ikki dare oraligʻi) 7-asr da arablar tomonidan bosib olingan 8-asr da Bagʻdod Arab xalifaligining poytaxtiga aylangan.

Arablar Ikki dare oraligʻining qad. aholisi avlodlari bilan aralashib ketganlar. 1958 y. dagi inqilob natijasida milliy uyushuv jarayonlari kuchaygan. I. ning bir qismida qabilaviy boʻlinish saqlanib qolgan (yuzdan or-tiq qabila nomlari maʼlum). I. ning asosiy mashgʻulotlari — dehqonchilik, chorvachilik, jan. tumanlarda bogʻdorchilik, polizchilik. Shahar aholisi hunarmandchilik, savdo, sanoat (asosan, neft), xizmat koʻrsatish sohasida band.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil