Irving Stone
Irving Stone (dastlabki Tennenbaum, keyinchalik Stone[1], 1903-yil 14-iyul – 1989-yil 26-avgust) – amerikalik yozuvchi, asosan taniqli rassomlar, siyosatchilar va ziyolilarning biografiyasiga bagʻishlangan romanlari bilan tanilgan. Eng mashhurlari orasida Vinsent van Gogh hayoti haqidagi "Hayotga muhabbat" (1934) va Michelangelo haqidagi "Agoniya va hayajon" (1961) romanlari mavjud.
Biografiya
tahrirIrving San-Franciscoda tugʻilgan boʻlib, ota-onasi ajrashganida u yetti yoshda edi. U oʻrta maktabda oʻqiyotgan paytida onasi boshqa insonga turmushga chiqadi. U qonuniy ravishda familiyasini oʻgay otasining familiyasi „Stone“ga oʻzgartirdi. Stonening aytishicha, onasi unga oʻqishga nisbatan ishtiyoq uygʻotgan. Shu paytdan boshlab u taʼlim hayotda muvaffaqiyatga erishishning yagona yoʻli, deb hisobladi.
1923-yilda Stone Berkeleydagi Kaliforniya universitetida bakalavr darajasini oldi. U yerda magistr darajasini olgach, ingliz tilidan oʻqituvchi yordamchisi boʻlib ishlay boshladi. Universitetda talaba boʻlgan paytda birinchi rafiqasi Lona Mosk (1905-1965) bilan uchrashadi. Uning otasi, Los-Anjeleslik tadbirkor Ernest Mosk tomonidan taqdim etilgan pul evaziga yosh er-xotin Parijga ketishdi.
Irving va Lona Stone 1930-yillarda Yevropadan Qoʻshma Shtatlarga qaytishdi. Yevropada boʻlgan vaqtida olti oy davomida Van Gogni tadqiq qildi. 1930-yilda u 1888-yil dekabr oyida rassom oʻz qulogʻini kesib tashlaganidan keyin Van Gogni davolagan doktor Feliks Reydan xat oldi. Van Gogning portretlaridan birida tasvirlangan Rey Van Gogning nafaqat quloqning yumshoq qismi, balki butun qulogʻi kesib tashlanganligini tasdiqladi. 1989-yil 28-avgustda NY Times gazetasining Stonening nekrologida xabar berilganidek, Stonelar Nyu-Yorkning Grinvich qishlogʻida istiqomat qilgan, u yerda Irving Van Gog haqidagi biografik romanni tugatgan va oʻzining karerasini yoʻlga qoʻygan. Times gazetasiga koʻra, "Hayotga muhabbat" (uning birinchi turmush oʻrtogʻi tomonidan taklif qilingan sarlavha) 1934-yilda nashr etilishidan oldin uch yil davomida oʻn yettita nashriyot tomonidan rad etilgan.
Stone oʻzining kotibi Jean Factor bilan yaqin munosabatlarni boshladi. Irving Lona bilan ajrashgandan soʻng, u Jean bilan oila quradi. Bu nikoh 1989-yilda Los-Anjelesda Stonening vafotigacha davom etdi. Jean Stone 2004-yilda 93 yoshida vafot etdi.
Birgalikda kechirgan yillari davomida Jean Stone Irvingning koʻplab kitoblarini tahrir qildi. Stonelar, asosan, Los-Angelesda yashashgan. Ular bir qator xayriya ishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun fondni moliyalashtirdilar.
"Hayotga muhabbat" asarini yozishda Stone Van Goghning ukasi, sanʼat asarlari sotuvchisi Teoga yozgan maktublariga tayangan. Shuningdek, u Mikelanjelo Buonarroti haqidagi "Agoniya va hayajon" romani ustida ishlash mobaynida uzoq yillar Italiyada yashagan. Italiya hukumati bu davrda Stoneni Italiya tarixini yoritishga qoʻshgan hissasi va madaniy yutuqlari uchun bir qancha faxriy mukofotlar bilan taqdirladi.
Ilmiy kitoblar
tahrirStone nafaqat romanlar, balki bir qancha ilmiy kitoblar ham yozgan. Uning Clarence Darrowning biografiyasiga bagʻishlangan Clarence Darrow For the Defense asari 1941-yilda nashr etilgan. Uning Kaliforniya gubernatori va keyinchalik Qoʻshma Shtatlarning Bosh sudyasi Earl Warren haqidagi biografik asari 1948-yilda nashr etilgan.
Film adaptatsiyalar
tahrir1941-yilda Roy Rogers ishtirok etgan „Arkansas Judge“ (Arkanzas sudyasi) filmi Stonening 1940-yilda yozgan „False Witness“ (Soxta guvoh) romani asosida suratga olingan.
1953-yilda Stouneing 1951-yildagi xuddi shu nomli romani asosida Charlton Heston Andrew Jackson va Susan Hayward Rachel Donelson Jackson rolini oʻynagan "The Presidentʼs Lady" (Prezident xonim) filmining mashhur versiyasi yaratildi[2][3].
1956-yilda uning 1934-yilgi "Hayotga muhabbati" romani asosida film suratga olingan. Filmda Van Gogh rolini Kirk Douglas ijro etgan.
1965-yilda "Agoniya va hayajon" filmi suratga olindi, unda Charlton Heston Michelangelo va Rex harrison Rim papasi Yuliy II rollarini ijro etishdi.
Mukofatlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Irving Stone papers, 1945-1985“. www.columbia.edu. 2017-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Tribute to Jackson and His Wife“. The New York Times (1953-yil 22-may). Qaraldi: 2017-yil 31-may.
- ↑ Krebs, Albin. „Irving Stone, Author of 'Lust for Life,' Dies at 86“. The New York Times (1989-yil 28-avgust). Qaraldi: 2017-yil 31-may.
- ↑ „Past winners“. Western Writers of America (2012-yil 12-may). 2023-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyul.
- ↑ „Golden Plate Awardees of the American Academy of Achievement“. www.achievement.org. American Academy of Achievement.