Is'hoqxon Ibrat majmuasi
Is'hoqxon Ibrat majuasi —Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanida joylashgan, XIX —XX asrlarda yashab o'tgan ma'rifatparvar jadid, matbaachi, tarixchi, shoir, poliglot olim Is'hoqxon Junaydulloxo'ja o'g'li Ibrat nomini abadiylashtirish maqsadida barpo etilgan memorial kompleksdir. Majmua To'raqo'rg'on tumanidagi soy bo'yida tashkil qilingan bo'lib, maydoni 2 gektarni tashkil qiladi. Uning tarkibida muzey, bog', bosmaxona, maktabgacha ta'lim muassasasi, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan ijod maktabi va maktab yotoqxonasi o'rin olgan. Majmua bitganidan bir necha yil so'ngra maktab qarshisida Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tashkil etildi.
Is'hoqxon Ibrat Majmuasi | |
---|---|
Joylashuv | Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumani |
Bagʻishlangan | Is'hoqxon To'ra Ibrat |
Turi | memorial kompleks |
Qurila boshlagan | 2016 |
Qurilish tamomlangan | 2018 |
Xarita | |
Koordinatalari | 41°0′18″N 71°30′27″E / 41.00500°N 71.50750°E |