Isʼhoq Darvish
Is’hoq Darvish (1896—1974) – falastinlik siyosiy arbob, 1947-yilda Arab Oliy qoʻmitasi aʼzosi boʻlib ishlagan. Amakisi, mashhur arab millatchisi Amin al-Husayniyning yordamchisi sifatida tanilgan[1].
Isʼhoq Darvish | |
---|---|
Tavalludi |
Muhammad Isʼhoq Darvish 1896 |
Vafoti | 1974 (yoshi 77–78) |
Fuqaroligi | Falastin |
Yoshlik yillari va taʼlimi
tahrirIs’hoq Darvish 1896-yili Falastinning Quddus shahrida tugʻilgan (oʻsha vaqtda Falastin Usmonli imperiyasi tarkibida boʻlgan)[2][3]. Keyinchalik Bayrutda tahsil olgan[2].
Mehnat faoliyati
tahrirOʻqishni tamomlaganidan soʻng, Darvish Birinchi jahon urushi paytida Usmonli armiyasiga qoʻshilgan[3][4]. Urush tugaganidan keyin Quddusga qaytib kelgan va 1918-yilda Amin al-Husayniy raisligidagi Arab klubiga aʼzo boʻlgan[4]. Tashkilotdagi faoliyatini 1920-yilda yakunlagan[2]. Shuningdek, mehnat faoliyati davomida musulmon-xristianlar uyushmasining birinchi kotibi lavozimida ham ishlagan[4].
Is’hoq Darvish birmuncha vaqt Amin al-Husayniyning yordamchisi boʻlib faoliyat yuritgan. Britaniyaning Falastindagi hukmronligi davrida oʻqituvchi boʻlib ishlagan[4][5]. U, shuningdek, 1932-yilda tashkil etilgan Mustaqillik partiyasining asoschilaridan biri edi[2]. Muso Alamiy tomonidan 1936-yildan Italiya rasmiylari bilan boʻlgan uchrashuvlarda Falastindan vakil sifatida tayinlangan[6][7]. 1940-yillarning boshida Amin al-Husayniy va Istanbuldagi arab surgunlari oʻrtasidagi muzokaralarni olib borgan[8]. Is’hoq Darvish 1947-yilda Toʻrtinchi arab oliy qoʻmitasi aʼzosi etib tayinlangan[4].
Hayotining keyingi yillari va oʻlimi
tahrir1948-yilgi Falastin urushidan keyin Falastinni tark etib, Bayrutga, undan keyin esa Londonga joylashgan[2]. Is’hoq Darvish 1974-yilda vafot etgan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ Taysir Nashif (Summer 1977). "Palestinian Arab and Jewish Leadership in the Mandate Period". Journal of Palestine Studies 6 (4): 116. doi:10.2307/2535781.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Michael R. Fischbach „Darwish, Ishaq“, . Encyclopedia of The Palestinians, Revised Philip Mattar: , New York: Facts On File, Inc., 2005 — 115-bet. ISBN 978-0816057641. Michael R. Fischbach (2005). „Darwish, Ishaq“. In Philip Mattar (ed.). Encyclopedia of The Palestinians (Revised ed.). New York: Facts On File, Inc. p. 115. ISBN 978-0816057641.
- ↑ 3,0 3,1 Muhammad Muslih (Summer 1987). "Arab Politics and the Rise of Palestinian Nationalism". Journal of Palestine Studies 16 (4): 90–91. doi:10.2307/2536721.Muhammad Muslih (Summer 1987). „Arab Politics and the Rise of Palestinian Nationalism“. Journal of Palestine Studies. 16 (4): 90–91. doi:10.2307/2536721. JSTOR 2536721.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 „Darwish, Ishaq (1896-1974)“. Passia. Qaraldi: 2024-yil 12-fevral.
- ↑ Ela Greenberg (2008). "Majallat Rawdat al-ma'arif: Constructing Identities within a Boys' School Journal in Mandatory Palestine". British Journal of Middle Eastern Studies 35 (1): 94. doi:10.1080/13530190801890261.
- ↑ Nir Arielli (2008). "Italian Involvement in the Arab Revolt in Palestine, 1936-1939". British Journal of Middle Eastern Studies 35 (2): 191.
- ↑ Jessi A. J. Gilchrist (2023). "Sharing empire: Great Britain, Fascist Italy, and (anti-) colonial intelligence networks in the Palestine Mandate, 1933-1940". Intelligence and National Security 38 (3): 365. doi:10.1080/02684527.2022.2104507.
- ↑ „Mohammad Ishaq Darwish, Istanbul, 1943“. The Palestinian Museum Digital Archive. Qaraldi: 2024-yil 12-fevral.