Isʼhoq as-Saffor
olim va shoir
(Abu Nasr) Isʼhoq ibn Ahmad ibn Shiys ibn Nasr ibn al-Hakam al-Adib as-Saffor al-Buxoriy (hijriy 405-yil (milodiy 1014-yil)da Toifda vafot etgan) Buxoro ahlidan bo‘lgan yirik faqih, arab tili bo‘yicha taniqli olim va shoir. Uning ilm haqidagi baytlari (sheʼrlari) Buxoroda hozirgacha o‘qiladi. Ilmning turli sohalariga oid hadislarni o‘rgangan. U Makkada uzoq muddat yashagan va ko‘p asarlarini shu shaharda yaratgan. Uning ilmi Makkada keng tarqalgan edi. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar.
Isʼhoq as-Saffor | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 1014-yil (hijriy 405-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | olim va shoir |
Asarlari
tahrir- „al-Madxal ila Sibavayh“ („Sibavayh nahviga kirish“);
- „al-Madxalas-sag‘iyr fi-n-nahv“ („Nahv ilmiga oid ixcham kirish“);
- „ar-Raʼd alahamza fi hudusi-t-tasqiyf“ („Talaffuzda hijolar sodir bo‘lishi haqida hamzaga raddiya“)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 92-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |