Isaac Bashevis Singer
ZINGER (Singer) Ayzek (Isaak) Bashevis (1904. 14. 7, Polsha, Radzimin — 1991. 24. 7, AQSH, Mayami) — yaxudiy yozuvchisi. Kelib chiqishi polshalik. 1935-yildan AQShda istiqomat qila boshlagan. "Goredagi Iblis" (1935), "Gimpel — ahmoq" (1956), "Qisqa juma kuni" (1965), "Tabaka" (1965), "Kafkaning doʻsti va boshqa hikoyalar" (1969), "Oʻchoq oldidagi hikoyalar" (1971), "Oyina va boshqa hikoyalar" (1975) va b. hikoyalar toʻplamlarining muallifi. "Moskat oilasi" (1950), "Qul" (1957), "Lyublinlik koʻzbogʻlovchi" (1965), "Qoʻrgʻoncha" (1975), "Shosha" (1981) romanlari bor. 3. nasriga xos xususiyat shuki, u oʻz qahramonlarini koʻpincha mubolagʻali holatda tasvirlaydi, aql bovar qilmaydigan mazmun hamda murakkab shakllar uning asarlarida yetakchilik qiladi. Nobel mukofoti laureati (1978).[4]
Isaac Bashevis Singer | |
---|---|
Tavalludi | 14-iyul 1904[1] |
Vafoti | 24-iyul 1991[2] |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili, Esperanto, Idish[3] va Polyak tili |
Fuqaroligi | AQSh, Polsha va Rossiya Imperiyasi |
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |