„Ishbilarmon kishilar“ (ruscha: Деловые люди) – O. Henry novellalari asosida Leonid Gayday tomonidan suratga olingan mashhur film[1]. Film 1962-yil Mosfilm studiyasida suratga olingan.
Film bir-biriga bogʻliq boʻlmagan uch xil taqdir haqidagi hikoyadan iborat. Birinchi hikoya fojiali, qolganlari esa komediya janridadir. Hikoya ketma-ket ravishda „Biz tanlagan yoʻllar“, „Hamdardlar“, „Qiziltanlilar sardori“ deb nomlangan.