Ishlab chiqarish munosabatlari — keng maʼnoda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar oʻrtasida bajaradigan vazifalariga bogʻliq holda shakllanadigan munosabatlar (mulkdorlar, tadbirkorlar, boshqaruvchilar, xizmatchilar, yollanma xodimlar, dehqonlar va b.); tor maʼnoda kishilar oʻrtasida moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va isteʼmol jarayonida yuzaga keladigan iktisodiy munosabatlar. ishlab chiqarish munosabsatlari kishilar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarning barcha shakllarini qamrab oladi. Barcha ishlab chiqarish, iqtisodiy munosabatlar ichida ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan munosabat, mulkchilik shakllari hal qiluvchi rol oʻynaydi. Ayrim iqtisodiy nazariyalar, mas, marksistik siyosiy iqtisodda ishlab chiqarishm. mulkchilik munosabatlarini ifodalaydigan va ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi darajasi bilan belgilanadigan, jamiyatda siyosat, mafkura, din, axloq va b.larning bazasini tashkil qiladigan munosabatlar tarzida talqin qilinadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ishlab chiqarish vositalari egalari bilan yollanib ishlovchi xodimlar oʻrtasidagi munosabatlar mehnat shartnomalari asosida shakllanadi. ishlab chiqarish munosabatlarining u yoki bu tarixiy konkret shakllari ishlab chikaruvchi kuchlarning taraqqiyot darajasi, kishining tabiat ustidan hukmronlik darajasi bilan belgilanadi. Oʻz navbatida, Ishlab chiqarish munosabatlari ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatadi, uni tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi (qarang Iqtisodiy tizim)[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil