Ishlab chiqarish sikli - meh nat predmetlari (xom ashyo, materiallar)ning muayyan mahsulotni tayyorlashni boshlanishidan to tayyor mahsulot qilib chiqarishgacha ishlab chiqarish jarayonida boʻlishi davri, ishlab chiqarish vaqtining tarkibiy qismi. Mahsulot Ishlab chiqarish sikli — ish davri (tayyor mahsulot olish uchun ketgan vaqt) va ishlab chiqarish jarayonidagi tanaf-fuslar (operatsiyalar orasidagi davr va smenalar oʻrtasidagi vaqt)dan iborat. Ishlab chiqarish siklining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichi uning muddati hisoblanadi; bu muddat ishlab chiqarish harakteriga qarab, soat, kun, oy bilan oʻlchanadi. Uning qisqarishi mahsulot ishlab chiqarishni, kapital aylanishini tezlashtiradi. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va ilgor texnologiyani joriy etish, Ishlab chiqarish sikli ni qisqartirishning muhim omillariga kiradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil