Ishlab chiqarish vaqti - kapi tal (korxona vositalari)ning i.ch. jarayonida boʻlish muddati. I.ch. vositalarining korxonaga tushgandan boshlab, tayyor maqsulot ishlab chikarilguncha ketgan vaqtni oʻz ichiga oladi. I.ch.v. mahsulotning murakkabligi, texnologik jarayon (i.ch. jarayonining mexani-zatsiyalashganligi va avtomatlashganligi), ishchilar malakasi va b. omillarga bogʻliq. I.ch.v. mehnat predmetlari va qurollarining ishlatilmay saqlanib turish davri, bevosita ish jarayoni davri, tanaffuslar uchun ketadigan davrdan iborat. Aylanma mablagʻlarning i.ch. zaxirasi sifatida turadigan vaqti korxonaning xom ashyo va materiallar bilan taʼminlanishiga bogʻliq. Ish davri esa mazkur korxonada tayyorlanayotgan mahsulotning xususiyatlariga, texnika va i.ch. texnologiyasining ta-raqqiyot darajasiga, tanaffuslar vaq-ti, mahsulotning xususiyatlariga va uni tayyorlash usuliga, shuningdek, i.ch. va mehnatni tashkil qilish darajasi (mashina va agregatlarning ish reji-mi, korxona necha smenada ishlashi va shunga oʻxshashlar)ga bogʻliq. Ish davri va tanaffuslar birgalikda ishlab chiqarish siklini tashkil qiladi. Ilgʻor texnika va texnologiyalarni i.ch.ga joriy qilish I.ch.v.ni qisqartirish imkonini beradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil